147 ekan. Ko‗p parallel shoxlanishlarni tashkillashtirish mumkin bo‗lgan dasturlarni,
masalan, matritsalar bilan ishlovchi dasturlarda, ko‗p protsessorli tizimlarda
bajarilganda unumdorligi yuqori bo‗lar ekan, parallellashtirish mumkin bo‗lmagan
dasturlarni ko‗p protsessorli tizimlarda bajarilganda esa unumdorlik ancha past
bo‗lar ekan.
1.6.4. Testlar yordamida unumdorlikni hisoblash LINPACK testlari. MIPS va Flops
birliklarini qayd qilib o‗tilgan
kamchiliklari mavjud bo‗lganligi sababli kompyuterlarning unumdorligini
taqqoslash uchun ko‗rsatkich sifatida maxsus tanlangan andoza (etalon) dasturning
bajarilish vaqtini yoki shu vaqt bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗rsatkichlarni ishlatish
taklif etilgan. Testlashtirish amalga oshiriladigan dasturlarni ba‘zida
benchmarkalar (bench-mark–otmetka urovnya, darajasini belgilash) deb
nomlanadi. Hozirgi vaqtgacha ancha ko‗p turli test va andoza dasturlari yaratilgan.
Eng ko‗p taniqli testlardan biri
LINPACK testlaridir, u Fortran dasturlash tilidagi
dasturiy paketlardan iborat bo‗lib, katta o‗lchamli chiziqli algebraik tenglamalar
tizimini zich matritsali Gauss usulida asosiy elementni tanlash orqali yechish
uchun mo‗ljallangan (bir necha milliongacha noma‘lumi bo‗lgan). Bu testning bir
necha variantlari ham bor, masalan, LINPACK TRR (Toward Peak Performance–
napravlyayushiysya
k
pikovoy
proizvoditelnosti–cho‗qqi
unumdorlikka
yo‗naltiruvchi) va HPL (High-Performance LINPACK-visokoproizvoditelniy
LINPACK–yuqori unumdorli LINPACK).
Testlashni amalga oshirish uchun mavjud hajmga maksimal o‗lchamga ega
bo‗lgan qandaydir chiziqli tenglamalar tizimini hosil qilinadi va testlanuvchi
hisoblash tizimida uning hisoblash vaqti o‗lchanadi, natijani olish uchun ular
bajarilishi kerak bo‗lgan haqiqiy K nuqtali operatsiyalar soni teng K = 2n
3
/3+2n
2
, u
albatta n matritsaning berilgan o‗lchamiga bog‗liq, shuning uchun unumdorlikni
Flops