210
birlashtirish imkonini hamda barcha ulanish nuqtalarini bir joyga jamlash imkonini
yaratadi.
Topologiya tushunchasining ko‗p ma‘noliligi.
Tarmoq topologiyasi
kompyuterlarni faqat jismoniy o‗rnini emas, bundan ham muhimroq kompyuterlar
orasidagi ulanish turlari va tarmoqli signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi.
Aynan kompyuterlarning ulanish turi tarmoqning buzilishiga barqarorlik
darajasini, tarmoq qurilmalarini murakkablik darajasini, axborot almashish
usullarini qaysi biri mos tushishini, foydalanilishi mumkin bo‗gan axborot uzatish
vositalari (aloqa yo‗li), tarmoqni ruxsat etilgan o‗lchami (abonentlar soni va aloqa
yo‗lining uzunligi), elektr energiyasini moslash va ko‗p boshqa masalalarni aniqlab
beradi.
Tarmoq tarkibiga kirgan kompyuterlarni jismoniy o‗rni tarmoq
topologiyasini tanlashga umuman olganda kam ta‘sir ko‗rsatadi, har qanday
kompyuterlarni joylashish holatidan qaʻtiy nazar oldindan tanlangan topologiya
bo‗yicha hoxlagan vaqtda ulash mumkin (9.10–rasm). Agarda ulanayotgan
kompyuterlarning jismoniy joylashgan o‗rni doirasimon bo‗lsa ham ularni bemalol
yulduz yoki shina topologiyalari bo‗yicha ulash mumkin. Aksincha, kompyuterlar
qandaydir markaz atrofiga joylashgan bo‗lsa, ularni o‗zaro shina yoki halqa
topologiya ko‗rinishida ulash mumkin. Nihoyatda kompyuterlar bir chiziq bo‗ylab
joylashgan taqdirda ham, ularni o‗zaro yulduz yoki halqasimon ulash mumkin.
Kabellarni jami uzunligi necha metrni tashkil qilishi esa boshqa masaladir.
Adabiyotlarda tarmoq topologiyasi haqida gap yuritilganda to‗rtta bir-
biridan
farqli
tushunchalar
nazarda
tutiladi,
bu
tushunchalar
tarmoq
arxitekturasining turli bosqichlariga tegishlidir:
Dostları ilə paylaş: