214 o‗zi bilan o‗zi ulanmagan, ya‘ni boshqa qandaydir tizimlar bilan aloqa qilish
imkoniyati mavjud tizim tushiniladi (yopiq tizimga nisbatan).
Xalqaro standartlar tashkiloti tomonidan OSI (International Standards
Organization) 1984-yili OSI model taqdim qilingan. Shundan beri hamma tarmoq
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har
qanday universal model singari, OSI modeli ham ancha qo‗pol. Tez
o‗zgartirishlarni bajarishi qiyin, shuning uchun turli formalar taklif qiladigan real
tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya
qilmaydilar.
Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro‗y berayotgan jarayonni yaxshi
tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqdagi bajariladigan vazifalar
(funksiyalar) modelda 7 ta bosqichga bo‗lingan (10.1 – rasm). Yuqori o‗rindagi
bosqichlar ancha murakkab, global masalalarni bajaradilar. Buning uchun pasdagi
bosqichlarni o‗z maqsadlari uchun ishlatib ularni boshqaradilar. Pastda joylashgan
bosqichlar maqsadi – yuqori bosqichga xizmat ko‗rsatish, yuqori joylashgan
bosqichlar uchun ko‗rsatiladigan bu xizmatning mayda qismlarining bajarilish
tartibi muhim emas.
Pastda joylashgan bosqichlar ancha sodda, ancha aniq vazifalarni
bajaradilar. Ideal holda har bir bosqich o‗zidan tepada va pastda joylashgan
bosqich bilan muloqot qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga ishlayotgan,
amaliy masalaga to‗g‗ri kelsa, pastki bosqich esa signalni aloqa kanali orqali
uzatishga to‗g‗ri keladi. 3.11 – rasmda keltirilgan bosqichlar vazifasi tarmoq
abonentlarining har biri tomonidan bajariladi.
Bir abonentdagi har bir bosqich shunday ishlaydiki, u boshqa abonentning
xuddi shu bosqichi bilan to‗g‗ri aloqasi borday, ya‘ni tarmoq abonentlarining bir
xil nomli bosqichlari o‗rtasida virtual aloqa mavjud.