242
tizimlar hisoblanadi. Operatsion tizimning qandaydir yagona arxitekturasi mavjud
emas, lekin operatsion tizimni tashkillashtirishga universal yondashuvlar mavjud.
Yadro va yordamchi modullar.
Operatsion
tizim arxitekturasini
o‗rganishga umumiy yondashuv uning barcha modullarini ikki guruhga: yadro
(operatsion tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan modullar) va yordamchi
vazifalarni bajaradigan modullar guruhiga bo‗linadi (3.20-rasm).
3.20-rasm. OT yadrosi va yordamchi modullar.
Yadro
modullari jarayonlarni, xotirani, kiritish-chiqarish qurilmalarini
boshqarish kabi asosiy vazifalarni bajaradi. Yadro
operatsion modul tizimning
yuragini tashkil etadi, usiz operatsion tizim ishlamaydi va o‗zining vazifalaridan
birortasini ham bajara olmaydi.
Yadro tarkibiga
dasturlarni qayta ulash, sahifalarni yuklash/yuksizlash,
umumiy dasturning uzilishlariga ishlov berish kabi hisoblash jarayonining tashkil
eilishini ichki tizim masalalarini yechadigan vazifalar kiradi. Bu vazifalar amaliy
dasturlar (ilovalar) uchun ruxsat etilmaydi. Yadro vazifalarining
boshqa guruhi
amaliy masalalarga amaliy dasturiy muhit yaratish bilan ularni quvvatlashga xizmat
qiladi. Ilovalar u yoki bu harakatlarni, faylni ochish va o‗qish, grafik axborotni
displeyga
chiqarish, tizim vaqtini olishning bajarilishi uchun so‗rovlar bilan (tizim
Tizimli
dasturlar
Protseduralar
kutubxonasi
Utilitalar
Ilova