Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

tarmoq 
operatsion
tizimining vazifasini ko‗rib chiqamiz. Har bir kompyuter mijoz va 
server qismlaridan iborat bo‗lgan o‗z operatsion tizimiga ega. Mos dasturlar-
redirektorlarga so‗rovi kelganda: kompyuterning o‗z lokal resurslariga yoki boshqa 
kompyuterlarning tarmoq resurslariga yuborish zarurligini aniqlaydi. 


 
248
19.6-rasmda bir tarmoqning ikki kompyuterlari tarmoq operatsion 
tizimlarining mos dasturi komponentlarining o‗zaro ishlashi ko‗rsatilgan. Mijoz 
o‗rnida A kompyuter, mijozning barcha amaliy dasturlarining so‗rovini bajaradigan 
server o‗rnida V kompyuter ishtirok etadi. 
A kompyuterdagi amaliy dastur V kompyuter resursiga so‗rov xabarini 
moslashtiradi, bu ma‘lumotlar fayli, faksimil apparat yoki printer bo‗lishi mumkin. 
So‗rov operatsion tizimga yo‗naltiriladi, u dastur-redirektor orqali so‗rovni mijoz 
qismiga yo‗naltiradi. Keyin mijoz qismi so‗rovni mos port drayveriga jo‗natadi 
(masalan, SOM-portga). A kompyuter portining drayveri va kontrolleri V 
kompyuterning mos porti drayveri va port kontrolleri bilan o‗zaro ishlab xabarni 
baytma-bayt portning drayveri orqali V kompyuter operatsion tizimining server 
qismiga uzatadi. 
V kompyuterning server qismi o‗zining operatsion tizimi orqali barcha 
mijozlar uchun umumiy bo‗lgan o‗z lokal resurslariga murojaat qiladi. Keyin 
transport tizimi orqali A va V kompyuterlarining server va mijoz qismlari o‗zaro ish 
olib boradi: A kompyuterning ma‘lumotlari V kompyuter orqali chiqariladi yoki V 
kompyuter xotirasidan fayl tarmoq orqali A kompyuterning amaliy masalasiga 
(amaliy dasturga) uzatiladi. 
Tarmoqning ikkita kompyuterlarining o‗zaro ishlashi bayon etilgan tartibini 
printer bilan birgalikda ishlatish misolida ko‗rib chiqamiz. O‗zaro ishlash 
kompyuterlar orasida aloqa kanallari bo‗ylab uzatiladigan xabarlar ko‗rinishida 
ifodalanadi. Xabarlar ba‘zi harakatlarning bajarilishiga buyruqlardan (masalan, 
kerakli faylni ochish) va bu fayl bilan ishlashdan iborat bo‗lishi mumkin. 
Dastlab kompyuterning ajratilgan tashqi qurilmasi bo‗lgan printer 
bilan o‗zaro ishlash tartibini ko‗rib chiqamiz. Kompyuter va istalgan 
turdagi tashqi qurilma orasida o‗zaro ishlashini tashkil etish uchun tashqi 
fizik interfeyslar ko‗zda tutilgan. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin