25
mikroprotsessorlarning taqsimlangan tarmog‗i bo‗lib, neyronli biologik tizimning
modeli kabidir.
1.2.1.
Kompyuterning asosiy bloklari, ularning vazifalari va
ko‗rsatkichlari
Kompyuterlarning har bir keyingi avlodi o‗zining oldingi avlodiga nisbatan
jiddiy yaxshi ko‗rsatkichlarga ega bo‗ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va
barcha xotirasining sig‗imi, odatda, bir necha o‗n marotaba ortiq.
Vazifasi bo‗yicha kompyuterlarni uch guruhga ajratish mumkin (1.6-rasm):
universal (umumiy masalalarga mo‗ljallangan);
muammoga yo‗naltirilgan;
maxsuslashtirilgan.
1.6-rasm. Vazifasi bo„yicha kompyuterlarni turlarga ajratish.
Universal kompyuterlar turli-muhandislik, texnik, iqtisodiy, matematik,
axborot va shu kabi masalalarni yechish uchun mo‗ljallangan.
Universal kompyuterlarning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-
yuqori unumdorlilik;
-
ishlov beriladigan axborotlar turlarining ko‗pligi- ikkilik, o‗nlik, belgilik–
ular katta oraliqda o‗zgaradi va ular yuqori aniqlikda ifodalanadi;
-
bajariladigan operatsiyalarining ro‗yxati-keng, arifmetik, mantiqiy va
maxsus;
-
operativ xotira sig‗imi katta;
Hisoblash mashinalari
Universal
Muammoga yо‗naltirilgan
Maxsuslashtirilgan
26
-
axborotni kiritish-chiqarish tizimi rivojlangan, turli xildagi tashqi
qurilmalarni ulashni taʻminlaydi.
Muammoga yo‗naltirilgan kompyuterlar ancha tor doiradagi masalalarni
yechish uchun, odatda, texnologik obyektlarni va jarayonlarni boshqarishga,
nisbatan katta bo‗lmagan axborotlarni yig‗ish, qayd qilish va ishlov berishga,
nisbatan murakkab bo‗lmagan algoritmlarga ishlov berishga mo‗ljallangan. Ularda
universal kompyuterlarga nisbatan apparat va dasturiy resurslari chegaralangandir.
Maxsuslashtirilgan kompyuterlar ma‘lum darajada tor doiradagi masalalarni
yechish uchun yoki qatʻiy guruh funksiyalarni joriy etishga mo‗ljallangan.
Kompyuterni bunday tor yo‗naltirilishi ularning tarkibini aniq maxsuslashtirishga
imkon beradi, ishlashining yuqori unumdorligini va ishonchliligini saqlagan holda
ularning murakkabligini va narxini jiddiy kamaytirish mumkin. Maxsuslashtirilgan
kompyuterlarga quyidagilarni kiritish mumkin, masalan, maxsus vazifalar uchun
dasturlanuvchi mikroprotsessorlar; alohida murakkab bo‗lmagan texnik
qurilmalarni va jarayonlarni boshqarishning mantiqiy vazifasini bajaruvchi adapter
va kontrollerlar; hisoblash tizimlarining qismlarini moslovchi va ulovchi
qurilmalar.
O‗lchami va hisoblash quvvati bo‗yicha kompyuterlarni (1.7-rasm) quyidagi
guruhlarga bo‗lish mumkin:
-
juda katta (superkompyuterlar);
-
katta;
-
kichik;
-
juda kichik (mikrokompyuterlar).
Kompyuterlarning vazifalarini bajarish imkoniyatlari quyidagi muhim
texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlari bilan bog‗liqdir:
tezligi (vaqt birligi oralig‗ida mashina bajaradigan o‗rtacha operatsiyalar
soni bilan o‗lchanadi);
kompyuter ishlov olib boradigan sonlarni razryadligi va ifodalanish shakli;
|