327
mavjut, ulardan eng tanilgani
tarmoq ulanishini himoyalash
va
halqani taqsimlash
asosidagi himoya.
Tarmoq ulanishini himoyalash
oxirgi nuqtalar o‗rtasidagi ulanishni
xohishiy topologiyasini tarmoqda o‗rnatishga asoslangan: ishchi va zahiradagi.
Trafik bu ikki ulanishdan parallel uzatiladi va qabul qilish nuqtasi u qaysi ulanishni
asosiy deb bilsa o‗sha ulanishdan trafikni oladi. Tanlash SDH kadrida uzatiladigan
signal sifati haqidagi axborotga asosan amalga oshiriladi. Ishchi ulanishda buzulish
sodir bo‗lgan taqdirda qabul qilish nuqtasi zaxiradagi
kanaldan axborotni qabul
qilishga o‗tadi, bunda o‗tish juda tez amalga oshiriladi, odatda 50 ms vaqt atrofida.
Bu usulning kamchiligi uning ortiqchaligida, yaʻni bitta kanal o‗rniga tarmoqda
ikkita kanal ishlaydi.
Halqani taqsimlash asosidagi himoya
ancha tejamkor, u tarmoqda
parallel
kanallarni yaratmaydi, agarda halqaning qaysidir qismi buzilgan bo‗lsa,
axborotni orqaga qaytarib yuborishga urinadi. Tabiiyki, bu usul faqat SDH halqa
topologiyalarida ishlaydi. Qayd qilib o‗tish kerakki,
SDH halqa topologiyalari
ulanishlarni himoyasining joriy etilish nuqtai nazaridan o‗zining tejamkorligi
uchun juda ham taniqlidir.
Xatoliklarni tuzatish texnikasi (Forward Error Control, FEC)
odatda SDH
multipleksorlari 2,5 Gbit/s va undan yuqori tezlikda ishlatadi. Bu texnika o‗z-
o‗zini tuzatuvchi kodlarga asoslangan, ―uchib‖ axborot bitlarni o‗zgarishini
to‗g‗rilashga imkon beruvchi, yani ularni qayta uzatishga murojaat qilmay kodning
ortiqcha qismidan foydalanish orqali. Bunday texnika xalallar yoki qabul qilish va
uzatish qurilmalarida nosozliklar bo‗lgan taqdirda axborotlar uzatilishining
samarali tezligini jiddiy oshirishi mumkin.
DWDM tarmoqlari
. Zichlashtirilgan to‗lqinli multipleksirlash (Dense
Wave
Division
Multiplexing,
DWDM
–
uplotnennoye
volnovoye
multipleksirovaniya) texnologiyasi yangi avlod optik magistrallarini yaratish
uchun mo‗ljallangan, ular multigigabitli va terabitli tezliklarda ishlaydilar.