334
Undan tashqari, ikki kommutatorning bevosita ulangan portlari
belgilarning
kelishilgan qiymatini shu portlar orqali o‗tadigan har bir virtual
kanalga ishlatishi kerak.
Virtual kanallar o‗rnatilgandan so‗ng oxiridagi tugunlar ularni axborot
uzatish uchun ishlatishlari mumkin. Buning uchun tarmoq ma‘muri har bir
oxiridagi tugun uchun ARP jadvalini statik yozuvini yaratishi kerak. Har bir
bunday yozuvda qabul qilish tugunining IP-manzili bilan shu tugunga olib
keluvchi virtual kanal belgisining dastlabki qiymati o‗rtasidagi moslik o‗rnatiladi.
Masalan, S1 kompyuterning ARP jadvalida S4 serveriga olib keluvchi S4
serverning IP-manzilini 102 belgiga virtual kanal uchun aks ettiruvchi yozuv
bo‗lishi kerak.
Keling, hozir S1 kompyuterining S4 serverga jo‗natgan bitta kanal yo‗lini
kuzatamiz. Kadrni joʻnatganda (4.5-rasmdagi 1 bosqich) kompyuter manzillar
maydoniga uning ARP jadvalidan olingan 102 belgini dastlabki qiymatini
joylashtiradi.
S1 kommutatori 1 portga 102 belgili kadrni olib, o‗zining ulash jadvalini
ko‗rib chiqadi va bunday kadr 3 portga jo‗natilishi kerakligini topadi, undagi
belgining qiymatini esa 106 ga almashtirishi kerak.
S1 kommutatorining xarakati natijasida kadr 3 port orqali S2
kommutatoriga jo‗natiladi (2 bosqich). S2 kommutatori o‗zining ulash jadvalini
ishlatib tegishli yozuvni topadi, yaʻni belgi qiymatini 117 almashtirish va
belgilangan tugunga kadrni jo‗natish – S4 serverga. Shu bilan almashuv tugaydi,
javobni qaytarishda esa S4 server S1 kompyuteriga olib boruvchi virtual kanal
manzili sifatida 117 belgini ishlatadi.
Bayon qilinishdan ko‗rinadiki, ulash (kommutatsiyalash) juda tejamli,
chunki uzatilayotgan kadrni o‗zgartirish minimal darajada – faqat belgi qiymatini
o‗zgartirishdan iborat. Kadrlarda faqat qabul qiluvchining manzili ko‗rsatiladi,
Frame Relay tarmoqlarida uning vazifasini belgi bajaradi. Jo‗natuvchining manzili