335 sifatida belgining oxirgi qiymati ishlatilishi mumkin – u virtual kanal bo‗yicha
aynan teskari yo‗nalishdagi qabul qiluvchi bilan jo‗natuvchini ulovchi yo‗lni
bildiradi.
O‗tkazish imkoniyatining kafolatlari . Frame Relay tarmoqlari aloqa
operatorlari kompyuter trafigini uzatishda tijorat xizmatini ko‗rsatish uchun
yaratilgan edi. Mijozlar uchun yangiliklardan biri va juda jalb etuvchi Frame Relay
ning xizmatlarining xususiyati bo‗lgan - virtual ulanishlarning
o‗tkazish
imkoniyatining kafolatlari bo‗ldi. Frame Relay texnologiyasida har bir virtual
ulanishlarga axborotlarni uzatish bilan bog‗liq bo‗lgan bir necha ko‗rsatkichlar
belgilangan.
Axborot uzatishning kelishilgan tezligi (Committed Information Rare,
CIR – soglasovannaya skorost peredachi dannix) – ulanishlarni kafolatlangan
o‗tkazish imkoniyati; tarmoq foydalanuvchining axborotlarini yuklama taklif etgan
tezlikda uzatishni kafolatlaydi, agarda u tezlik CIR dan oshib ketmasa.
Kelishilgan tebranish kattaligi (Committed Burst Size, Bc –
soglosovannaya velichina pulsatsii) – CIR da kelishilgan tezlikka rioya qilingan
holda T vaqt oralig‗ida tarmoq ushbu foydalanuvchidan baytlarni maksimal sonini
uzatishi –
tebranish vaqti deb ataladi .
Tebranishning qo‗shimcha kattaligi (Excess Burst Size, Be) – T vaqt
oralig‗ida tarmoq Be o‗rnatgan kattalikdan ortiq baytlarni maksimal sonini
uzatishga urinishi.
Be tebranishning ikkinchi ko‗rsatkichi CIR profiliga sig‗magan kadrlarni
tarmoq operatoriga differensial ishlov berishga imkon beradi. Odatda Be
tebranishni oshishiga olib keluvchi, lekin Vs+Ve tebranishlardan oshmaydigan
kadrlarni tarmoq tashlab yubormaydi, xizmat ko‗rsatadi ammo kafolatlanmagan
CIR tezligida. Frame Relay kadrlarida buzilish dalilini xotiralash uchun maxsus
yo‗q qilish imkoniyat maydoni (Discard Eligibility, DE) mavjut. Va faqt agarda
Vs+Ve dan oshib ketgan taqdirda kadr tashlab yuboriladi.