41 -
sig‗imi: operativ xotira 20–500 Gbayt, diskli xotira 1–10 Tbayt (1 Tbayt
=1024 Gbayt);
-
razryadligi 64–256 bit.
1996-yili dekabrda Intel firmasi dunyoda birinchi marotaba tezlik bo‗yicha
teraflopli chegaradan o‗tilgan Sandia superkompyuterini yaratganligi haqida e‘lon
qildi. Kompyuter 1 soat-u 40 minut davomida suriluvchi vergulli 6,4 kvadrillion
operatsiyani bajardi. MP LINPAK testidan o‗tgan 1060 Mflops unumdorlikka ega
tarkibli (konfiguratsiya) kompyuter 57 ta Shkafda joylashgan bo‗lib, u takt
chastotasi 200 MGs li Pentium Pro protsessorlaridan 7000 ta va operativ xotirasi
454 Gbayt bo‗lgan. Superkompyuterning oxirgi varianti 1,4 Tflops unumdorlikka
ega bo‗lib, 160 m2 da joylashgan 86 ta shkafdan tashkil topgan, 573 Gbayt
operativ xotiraga va 2250 Gbayt disk xotira sig‗imiga ega bo‗lgan. Kompyuterning
massasi 45 tonna, cho‗qqi energiya iste‘moli 850 kVt ni tashkil etgan. [4],[5]
1998-yili Yaponiya firmasi NEC Corporation SX-5 superkompyuterini
yaratganligi haqida xabar berdi, uning unumdorligi 4 Tflops bo‗lib, 512 ta
protsessordan tashkil topgan va axborot uzatishni 32 Tbayt/s tezligini ta‘minlagan.
2003-yili IBM firmasi tarkibida milliondan ko‗p Pentium III bo‗lgan va
tezligi sekundiga 1015 operatsiyani bajaruvchi superkompyuter yaratilishi haqida
xabar bergan.
Juda quvvatli, unumdorligi 42 Tflops bo‗lgan Space Exploration Simulator
superkompyuteri SGI korporatsiyasi tomonidan NASA (Columbia loyihasi) uchun
2004-yili yaratilgan. U 10 240 ta (512 tali 20 ta klasterlar) Itanium 2
mikroprotsessoridan tashkil topgan.
Dunyodagi eng quvvatli superkompyuterlarning 2005-yildagi reytingida
IBM kompaniyasining unumdorligi 70 Tflops bo‗lgan Blue Gene/L
superkompyuteri birinchi o‗rinni egalladi. Bu superkompyuter klasterli tarkibga
ega bo‗lgan. Blue Gene/L maksimal tarkibi 64 ShKafdan iborat bo‗lib,
unumdorligi 270 Tflops bo‗lgan. Superkompyuterning keyingi versiyalari Blue