34
1.8-rasm.
Katta hisoblash mashinasining tashqi ko„rinishi.
Mini-kompyuterlarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
-
yuqori modulli o‗ziga xos
arxitekturasi;
-
meynfreymlarga qaraganda unumdorlik/narx nisbatining yaxshiligi;
-
hisoblashlarning yuqori aniqligi.
35
Mini-kompyuterlar boshqaruvchi hisoblash majmua sifatida ishlatilishga
mo‗ljallangan. Ushbu majmualarga xos bo‗lgan tashqi qurilmalarning ko‗p turliligi
protsessorlararo aloqa bloklari bilan to‗ldirilgan, uning
sharofati bilan tarkibi
o‗zgaruvchan hisoblash tizimlarini joriy etilishi ta‘minlanadi. Mini-kompyuterlarni
texnologik jarayonlarni boshqarishda ishlatishdan tashqari, ko‗p
foydalanuvchilar
uchun mo‗ljallangan hisoblash tizimlarida, avtomatlashtirilgan
loyihalash
tizimlarida, murakkab bo‗lmagan obyektlarni modellashtirish tizimlarida va sun‘iy
intellekt tizimlarida muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Hozirgi zamonaviy mini-kompyuterlar avlodining boshlovchisi DEC
firmasining (AQSH) PDP-11 kompyuterlari hisoblanadi
va Rossiyada ishlab
chiqarilgan SM EVM (Sistema Malix EVM-EHM Kichik Tizimi): SM-1, -2, -3, -4,
-1400, -1700 va hokazo. Hozirgi vaqtda PDP-11 mini-kompyuterlar oilasi ko‗p
sonli modellarni o‗z tarkibiga oladi, VAX-11 dan VAX-3600 gacha; mini-
kompyuterlarning quvvatli guruh modellariga 8000 (VAX-8250, -8820);
supermini-kompyuterlarning guruh modellariga 9000 (VAX-9410, -9430) kiradi va
hokazo.
VAX modellari keng oraliqdagi ko‗rsatkichlarga ega:
protsessorlar soni–1 dan 32 tagacha;
unumdorligi–10 dan 1000 MIPS gacha;
asosiy xotira sig‗imi–512 Mbaytdan 2 Gbaytgacha;
diskli xotira hajmi–50 Mbaytdan 500 Gbaytgacha;
kiritish-chiqarish kanallar soni–64 tagacha.
VAX mini-kompyuterlari shu guruh kompyuterlari ko‗rsatkichlarining to‗liq
oralig‗ini qoplaydi va ular orasidagi chegarani hamda meynfreymlar o‗rtasidagi
chegarani yuvib yuboradi.
Boshqa mini-kompyuterlar o‗rtasidagi quyidagilarni qayd qilib o‗tishimiz
kerak:
bir protsessorli: IBM 4381, HP 9000;