31 S/390 oilasi o‗z tarkibiga 14 ta kompyuter modelini oladi. Yangi
modellarning ko‗rsatkichlari 3-avlod meynfreymlar ko‗rsatkichlariga nisbatan 1,3
marta yaxshilangan (operativ xotira hajmi taxminan ikki hissa oshgan–16 Gbayt
gacha). S/390 oilasiga bir protsessorli 50 MIPS tezlikka ega bo‗lgan meynfreymlar
modelidan to 10 protsessorli 500 MIPS tezlikkacha bo‗lgan modellar kiradi. S/390
modelini G4 va G5, S/390 Multiprice 2000 protsessorlarida ishlab chiqarilgan.
Unumdorligini va boshqa ko‗rsatkichlarini oshirish maqsadida 32 tagacha S/390
mashinasini S/390 Parallel Sysplex texnologiyasi bo‗yicha klasterlarga
birlashtirish mumkin (asosan superkompyuter yaratib).
S/390 oilasi dunyoning ko‗pgina davlatlarida ishlatiladi.
1999-yili o‗rtacha unumdorlikdagi AS/400 meynfreymlar oilasi ishlab
chiqarildi, u o‗z tarkibiga 12 modelni olgan. Operativ xotiraning maksimal sig‗imi
16 Gbayt, diskdagi xotira esa 2,1 Tbaytni tashkil etadi. AS/400 modellarining 720,
730 va 740 seriyalarida 12 ta PowerPC va Pentium II protsessorlari ishlatilgan.
2004-yili AS/400 ―biznes-kompyuterlari‖ dunyoda eng tanilgan kompyuterlardan
bo‗lgan. Tizimning keng miqyosida tanilishining sababi unumdorlik/narx
nisbatining yaxshiligi, ishonchliligining juda yuqoriligi (bir soat davomida
buzilmasdan ishlash ehtimoli 0,9994 ni tashkil etadi) va yaxshi dasturiy
ta‘minotining mavjudligidir.
2005-yili IBM firmasi System z9 (5-avlod) meynfreymini havola qildi, u
samarali virtuallashtirish texnologiyasini quvvatlagan va xavfsizlikni ta‘minlagan.
Bu texnologiyalar uni eng ochiq, ishonchli va himoyalangan hisoblash tizimlaridan
biriga aylantirdi.
System z9 tizimi bir sekund davomida 1 milliard tranzaksiyagacha ishlov
bera olgan, unumdorligi bo‗yicha 4-avloddan bir necha marotaba yuqori bo‗lgan.
Yaponiya Fujitsu firmasining M 1800 kompyuterlari va shuningdek
Germaniya Comparex Information Systems firmasining 8/*, 9/*, M2000 va S2000
meynfreymlari dunyoda ko‗p tarqalgan. Fujitsu firmasining M 1800 meynfreymlar