Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
50
ba‘zi transsendent hisoblashlarni va shuningdek trigonometrik funksiyalarning 
bajarilishini tezlatish uchun ishlatiladi. Matematik soprotsessor o‗zining buyruqlar 
tizimiga ega va asosiy MP bilan parallel (bir vaqtda), uni boshqarishda ishlaydi. 
Operatsiyalarning bajarilishini bir necha marta tezlashtiradi. MP ning 80486 DX 
modelidan boshlab soprotsessorni o‗z tarkibiga kiritilgan shaklda ishlab 
chiqariladi. 
Xotiraga bevosita ega bo‗lish kontrolleri (DMA–Direct Memory Access) 
tashqi qurilmalar bilan operativ xotira o‗rtasidagi axborot almashuvini 
mikroprotsessorning ishtirokisiz amalga oshiradi, bu esa ShK ning samarali 
tezligini jiddiy oshiradi. Boshqacha aytganda, DMA ish tartibi protsessorni 
ortiqcha va uncha muhim bo‗lmagan ishlardan, yani tashqi qurilma bilan operativ 
xotira qurilmasi o‗rtasidagi axborot almashuvidan ozod qiladi, bu ishni DMA 
kontrolleri zimmasiga yuklash orqali amalga oshiriladi; protsessor bu vaqt 
davomida boshqa axborotlarga ishlov berishi yoki ko‗p masalali tizimda boshqa 
masalani hal qilishi mumkin.
Kiritish-chiqarish soprotsessori MP bilan parallel ishlashi natijasida bir 
necha kiritish-chiqarish qurilmalariga xizmat ko‗rsatilayotganda kiritish-chiqarish 
amalini jiddiy soddalashtiradi; MP ni kiritish-chiqarish amaliga ishlov berishdan 
ozod qiladi va xotiraga bevosita ega bo‗lish ish tartibini joriy etadi. 
Uzilishlar kontrolleri uzilish amalini bajaradi. Uzilish–bu vaqt bo‗yicha bitta 
dastur bajarilishini to‗xtatib turib, shu vaqtda ancha muhim bo‗lgan boshqa 
(ustunlikka ega) dasturni operativ bajarish maqsadida ko‗rilgan choradir. 
Kontroller tashqi qurilmadan uzilishga so‗rov olgach, bu so‗rovning ustunlik 
darajasini aniqlaydi va MPga uzilish signalini beradi. Mikroprotsessor bu signalni 
olgach, hozirda bajarilayotgan dasturni bajarilishini to‗xtatib turadi va tashqi 
qurilma so‗ragan bu uzilishga xizmat ko‗rsatuvchi maxsus dasturni bajarishga 
o‗tadi. Maxsus dasturni bajarib bo‗lgach, uzilgan dasturni bajarish tiklanadi. 
Uzilish kontrolleri dasturlanuvchidir. Uzilishlar kompyuterning ish faoliyatida 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin