74 Tigerton (serverlar uchun). 2006-yili Intel kompaniyasi shu mikroarxitektura
ishlatilgan
8-avlod
mikroprotsessorini
havola
qildi-Core
yo‗nalish
mikroprotsessorlari (Core Solo, Core Duo, Core 2 Duo, Core 2 Extreme, Core
Penryn).
2004-yili
Intel
kompaniyasi
tomonidan
Pentium
turidagi
mikroprotsessorlarni rusumlanish tizimi kiritildi. Mikroprotsessorning uch xonali
nomeri birdaniga bir necha ko‗rsatkichlarni inobatga oladi: asos arxitektura, MP
ning takt chastotasi, tizimli shina chastotasi, kesh-xotira hajmi va boshqalar. Asos
arxitektura katta razryadda aks ettiriladi, uchta seriya taklif etildi:
3XX–MP Celeron, Celeron M, Celeron M juda past energiya iste‘molli;
5XX–stol usti va mobil ShK uchun Pentium 4, shu jumladan, NT
texnologiyali;
7XX–energiya iste‘moli past va juda past Pentium.
Core oilasi mikroprotsessorlari uchun Intel kompaniyasi 5 xonali
rusumlanishni kiritdi-bu bitta harfli va 4 xonali raqamli belgilash. Harfli belgilash
MP larni energiya iste‘moli bo‗yicha turlarga ajratadi: U–14 Vt va kam; L–15-24
Vt; T–25–49Vt; E–50–74 Vt; X–75 Vt va ko‗p. To‗rt yadroli MP Sore 2 Quad
uchun Q harfini ko‗rsatadi. Indeksning katta raqami MP ni ma‘lum guruhga
tegishli ekanligini ko‗rsatadi (Conroe yadrosidagi protsessorlarning seriyasi 4000
va 6000, Meron yadrosidagi seriyalar–5000 va 7000).
Sore mikroarxitekturasining xususiyatlari. Bu
yo‗nalish
mikroprotsessorlarining barchasi 65-nanometrli texnologiyada amalga oshirilgan
(0,065 mkm), qator yangi samarali energiyaning tejamkor texnologiyalari tatbiq
etilgandan so‗ng, ularda energiya iste‘molini jiddiy kamaytirishga erishildi. Manba
kuchlanishi 0,85–1,35 V.
Barcha mikroprotsessorlar LGA 775 razyomini ishlatadilar. Core yo‗nalish
mikroprotsessorlarining ba‘zi ko‗rsatkichlari 1.3-jadvalda keltirilgan.