232
3.3§ Tarmoqning dasturiy ta‘minoti
3.3.1. Operatsion tizimlarning vazifasi
Kompyuterlarning
operatsion
tizimlari
kompyuterlarning
apparat
vositalarining rivojlanishi bilan rivojlanadi va takomillashadi. Xotira hajmlarining,
so‗z
uzunligining ortishi, arxitekturaning takomillashishi bilan birga
kompyuterlarning imkoniyatlari kengaydi,
bu yangi, takomillashgan ishlov berish
ish tartiblarining paydo bo‗lishiga, foydalanuvchi va kompyuter orasida
interfeysning
rivojlanishiga, ma‘lumotlarni ishlov berish samaradorligining
oshishiga sabab bo‗ldi.
Operatsion tizimlarning rivojlanishida muhim bosqich bo‗lib, Unix
operatsion tizimini yaratilishi bo‗ldi. Uning
uchun dasturiy kod yuqori darajadagi S
tilda yoziladi. Bu operatsion tizimni turli turdagi kompyuterlarga oson o‗tkazish
imkoniyatini berdi va yaxshi funksional imkoniyatlariga ega bo‗lgan ixcham tizim
shakliga keldi. Barcha keyingi Sun OS, HP-Ux, AIX, QNX va boshqa ko‗plab
operatsion tizimlar uning versiyalari bo‗ldi. Firma-ishlab
chiqaruvchilar Unix
xossalarini o‗z apparatlari uchun moslashtirdilar.
Shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‗lishi va mahalliy tarmoqlarning
yaratilishi bilan operatsion tizim tomonidan tarmoq vazifalarini qo‗llab-quvvatlash
zarurati tug‗ildi. 80-yillarda ishlagan ko‗plab mashinalarda MS DOC operatsion
tizimi faqat fayllarni boshqarish va navbatma-navbat dasturlarni
ishga tushirishga
qodir bo‗lgan. Keyingi operatsion tizimlarda foydalanuvchiga qulay bo‗lgan grafik
interfeys, ishlov berishning ko‗p foydalanuvchili ish tartibi, sichqoncha yordamida
ishlov berishni boshqarish imkoniyatlari paydo bo‗ldi. Operatsion tizimlarning
muhim natijasi shaxsiy kompyuterlar asosida mahalliy tarmoqlarni qurish uchun
yaxshi platforma bo‗lgan OS/2 ning paydo bo‗lishi bo‗ldi. Mahalliy tarmoqlarning
paydo bo‗lishi bilan ajratiladigan resurslar tushunchasi paydo bo‗ldi, operatsion
tizim tashqi dasturlarni -tarmoq qobiqlari bilan to‗ldirdi.