264
chiqaruvchilar Ethernet qurilma va uskunalarini ishlab chiqara boshladilar. Ular
o‗zaro bir-biriga to‗liq moslangan ravishda ishlab chiqiladi albatta.
Dastlabki Ethernet tarmoqlarida 50 Omli ikki turdagi (yo‗g‗on va ingichka)
koaksial kabellar ishlatilar edi. Lekin keyingi vaqtlarda (1990-yil boshlaridan)
Ethernet tarmog‗ining aloqa kanali uchun o‗ralgan
juftlik kabellaridan
foydalanilgan versiyalari keng tarqaldi. Shuningdek,
shisha tolali kabellar
ishlatiladigan standart ham qabul qilindi va standartlarga tegishli o‗zgartirishlar
kiritildi. 1995-yili Ethernet tarmog‗ining tez ishlovchi versiyasiga standart qabul
qilindi, u 100 Mbit/s tezlikda ishlaydi (Fast Ethernet deb nom berildi, IEEE 802.03
u standarti), aloqa muhitida o‗ralgan juftlik yoki shisha tola ishlatiladi. 1000 Mbit/s
tezlikda ishlaydigan versiyasi ham ishlab chiqarila boshlandi (Gigabit
Ethernet,
IEEE 802.03 z standarti).
4.2.2. Ethernet tarmog‘ining tez ishlovchi versiyalari
Standart bo‗yicha «shina» topologiyasidan tashqari,
shuningdek, «passiv
yulduz» va «passiv daraxt» topologiyali tarmoqlar ham qo‗llaniladi. Bu taqdirda
tarmoqning turli qismlarini o‗zaro ulash uchun repiter va passiv konsentratorlardan
foydalanish ko‗zda tutiladi (15.1–rasm). Tarmoqning bir qismi (segment) bo‗lib
shuningdek, bitta abonent ham segment bo‗lishi mumkin. Koaksial kabellar shina
segmentlariga
ishlatiladi, to‗qilgan juftlik va shisha tolali kabellar esa passiv
yulduz nurlari uchun ishlatiladi (bittali abonentlarni konsentratorga ulash uchun).
Asosiysi hosil qilingan topologiyada yopiq yo‗llar (petlya) bo‗lmasligi kerak.
Natijada jismoniy shina hosil bo‗ladi, chunki signal
ularning har biridan turli
tomonlarga tarqalib yana shu joyga qaytib kelmaydi (halqadagi kabi). Butun
tarmoq kabelining maksimal uzunligi nazariy jihatdan 6,5 km ga yetishi mumkin,
lekin amalda esa 2,5 km dan oshmaydi.