266
4.3§ Virtual tarmoqlar
4.3.1. Virtual mahalliy tarmoqlar
Hisoblash
texnikasi
vositalarining
rivojlanishi,
ayniqsa
shaxsiy
kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb
nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib
keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan
loyihalash va texnologik
tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish
tizimlari,
idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng
qo`llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo`linmalarini boshqarishning
murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi.
MHT tibbiyot, qishloq
xo`jaligi,
ta`lim,
fan
va
boshqa
sohalarda
jadal
joriy
etilmoqda.
Umuman olganda, tarmoq - kompyuterlar, terminallar
va boshqa qurilmalarning
ma`lumot almashishni ta`minlaydigan aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan
majmui. Kompyuterlararo ma`lumotlarni almashishni ta`minlab beruvchi bunday
tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Mahalliy tarmoq - (LAN - Local Area
Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona)
da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. MHT - kompyuterlar,
boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning
bog`lanishini ta`minlaydigan va
ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya
qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar
bilan almashishga imkon
beradigan
apparat
vositalari
va
algoritmlar
to`plamidir.
[Tanenbaum] Kompyuter texnologiyalari boshqa sanoat tarmoqlari (masalan,
avtomobil va aviatsiya) nisbatan hali yosh bo`lsada, kompyuterlar qisqa vaqt
ichida ajoyib taraqqiyotga erishdi. Kompyuter va kommunikatsiyaning birlashishi
kompyuter tizimlarini tashkil etadi. Tashkilotda hisoblash ishlarini bajarish uchun
o`zaro bog`langan kompyuterlar tizimlariga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Ikkita