281 Kabelni tarmoq adapteriga ulash uchun DIN turidagi tashqi 9-kontaktli
razyomdan foydalaniladi. Ethernet adapteri kabi, Token – Ring adapteri ham o‗z
platasida manzillarni sozlash va tizim shinasini uzish uchun moslamalari bor.
Ethernet tarmog‗ini adapterlar va kabel bilan qurish mumkin bo‗lsa, Token–Ring
tarmog‗ini qurish uchun konsentratorlar xarid qilib olish kerak. Bu esa Token –
Ring tarmoq qurilmalari narxini oshiradi.
Bir vaqtning o‗zida Ethernet tarmog‗iga qaraganda Token–Ring tarmog‗i
katta yuklamalarni yaxshi ko‗tara oladi (30 – 40% ko‗p) va kafolatlangan tarmoqqa
ega bo‗lish vaqtini ta‘minlaydi. Bu xususiyat masalan, ishlab chiqarishga
mo‗ljallangan tarmoqlar uchun eng zarur hisoblanadi, chunki tashqi hodisalarga
sekin e‘tibor qilish jiddiy buzilish holatlariga olib kelishi mumkin.
Token–Ring tarmog‗ida tarmoqqa ega bo‗lishning markerli usuli
qo‗llaniladi, ya‘ni halqa bo‗ylab har doim marker harakatda bo‗ladi va
abonentlarning xohlagani o‗z paketlarini unga qo‗shib uzatishlari mumkin.
Shundan tarmoqning eng katta afzalligi kelib chiqadi, ya‘ni konflikt holat
bo‗lmaydi. Lekin bundan quyidagi kamchilik ham kelib chiqadi, markerni
butunligini nazorat qilib turishi lozimligi va tarmoqning ishlashini har bir
abonentga bog‗liq ekanligi (abonent kompyuteri buzilgan holda albatta u halqadan
uzilishi shartligi).
Markerning butunligini nazorat qilish uchun abonentlardan birortasi
ajratiladi (u aktiv monitor deb nomlanadi). Uning qurilmalari boshqa
qurilmalardan hech qanday farq qilmaydi, lekin uning dasturiy vositalari
tarmoqdagi vaqt nisbatini nazorat qilib turadi va lozim bo‗lganda yangi marker
hosil qiladi. Aktiv monitorni tarmoq o‗tkazish davrida kompyuterlardan birini
tanlanadi. Agarda aktiv monitor biror sabab tufayli ishdan chiqsa, maxsus
mexanizm ishga tushib, boshqa abonentlar (zaxiradagi monitor) yangi aktiv
monitor tayinlashga qaror qiladilar.