282 Marker - bu boshqarish paketi bo‗lib, uchta baytdan iboratdir (16.2-rasm):
boshlang‗ich taqsimlovchi bayt (SD-Start Delimiter, bayt nachalnogo razdelitelya),
ega bo‗lishni boshqarish bayti (AC – Access Control, upravleniye dostupom) va
oxirgi taqsimlagich bayti (ED – End Delimiter, konechniy razdelitel).
Boshlang‗ich taqsimlagich va oxirgi taqsimlagich nafaqat nol va birlar ketma –
ketligi, maxsus ko‗rinishdagi impulslarni o‗z tarkibiga oladi.
Taqsimlagichlarning bu sharofati uchun ularni paketning boshqa baytlariga
hech qachon aralashtirib yuborilmaydi. Taqsimlagichlarning to‗rtta biti qabul
qilingan kodlashtirishda nol qiymatga ega bo‗lsa, qolgan to‗rtta bitlar qiymati
Manchester – II kodiga to‗g‗ri kelmaydi: ikki bit oralig‗ida signalning bir qiymati
saqlanib tursa, qolgan ikkita bit oralig‗ida boshqa qiymat saqlanadi. Qabul qiluvchi
qurilma sinxrosignalning bunday yo‗qolganini osongina bilib oladi. Boshqarish
bayti to‗rtta maydonga bo‗lingan (4.14-rasm): uchta bit navbat o‗rnatish biti, bitta
bit monitor biti va uchta bit zaxira biti. Navbat biti abonentlar paketlariga yoki
markerga navbat belgilash uchun kerak (navbat 0 dan 7 gacha bo‗lib, 7 eng yuqori
yani eng birinchi navbatni bildirsa, 0 esa eng pastki yani eng oxirgi navbatni
bildiradi). Abonent markerga o‗z paketini, o‗zining navbat nomeri bilan marker
navbati to‗g‗ri yoki katta bo‗lgan holda qo‗sha oladi. Bit markeri – bu markerga
paket qo‗shilganmi yoki yo‗qmi ko‗rsatib beradi (1 – marker paketsiz ekanligini
bildirsa, 0 – marker paketli ekanligini ko‗rsatadi). Monitor biti – birga o‗rnatilgan
bo‗lsa, bu marker aktiv monitor tomonidan uzatilganligidan xabar beradi.
Zahiralash biti abonentga tarmoqqa kelajakda ega bo‗lish huquqini band qilish
uchun ishlatishga imkon beradi, ya‘ni xizmat ko‗rsatish navbatiga turish uchun
kerakdir.