Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
295
Hozirgi vaqtda 10BASE –5 uskunasi deyarli ishlatilmaydi, lekin ba‘zi 
hollarda uni asosiy tarmoq (Backbone) tashkil qilish uchun ishlatiladi. AUI 
razyomli tarmoq adapterlarining ulushi hozir 5 % dan oshmaydi. 
10BASE2 
uskunasi. 
Ingichka koaksial
 
kabeli yo‗g‗on kabel turidan farqi ikki hissa ingichka 
(diametri 5 mm atrofida), ancha egiluvchan, montajni amalga oshirish ancha oson, 
narxi arzon (taxminan uch hissa). Uning asosidagi tarmoqlar ko‗p tarqalganligi 
taajjubli emas albatta. Ingichka kabelning ham to‗lqin qarshiligi 50 Om va 50 Omli 
moslashishni ta‘lab qiladi. Agarda yo‗g‗on kabelni albatta devorga yoki polga 
puxta mahkamlash kerak bo‗lsa, ingichka kabelni osma montaj qilish mumkin, 
sababi bir xona chegarasida kompyuterlar joyini bemalol o‗zgartirish imkonini 
beradi.
Ingichka kabelning eng katta kamchiligi tarmoq qismining (segment) kam 
uzunligidir (185 metrgachan). Ba‘zi hollarda tarmoq adapterini ishlab 
chiqaruvchilari segment uzunligini 200 m yoki 300 metr qilib ko‗rsatadilar. 
Bunday tarmoq adapterlarini boshqa turdagi tarmoq adapterlari bilan ulab 
bo‗lmaydi, sababi bu vaziyatda standart bo‗lmagan signallar ishlatiladi. RG-58A/U 
– ingichka koaksial kabel turi eng ko‗p tarqalgandir.
Ingichka kabelda ishlatiladigan uskunalar (4.22 - rasm) yo‗g‗on kabel 
uskunalariga nisbatan ancha sodda. Tarmoq adapteridan tashqari, kerakli 
uzunlikdagi kabel, razyomlar, T-konnektorlar va terminatorlardan (bittasi yerga 
ulanadigan turi) iborat. Har bir juft abonent o‗rtasida ikki uchida BNC turdagi 
razyomli alohida kabel bo‗lagi o‗tkaziladi. Bu kabel bo‗lagining eng kam uzunligi 
(abonentlar o‗rtasidagi minimal masofa) – 0,5 metr. Kabel bo‗laklarini o‗zaro 
ulash uchun ruxsat etilmasa ham BNCI – konnektori (Barrel-konnektor) yordamida 
ulashni amalga oshiradi. Razyomlarni kabelga kavsharlash usuli bilan ham ulanadi
lekin ko‗pincha maxsus siqish orqali ulaydigan asbob yordamida kabelni razyomga 
ulash amalga oshiriladi, ammo eʻtibor qilish kerakki siqish asbobi razyom turiga 
mos ravishda tanlanashi kerak. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin