307 tarmoqdagi BNC-razyomini ulashdan murakkab emas shuningdek RJ-45 razyomi
singari foydalaniladigan SC razyomi ishlatiladi. SC razyomi odatda ikkita kabel
uchun mo‗ljallab ikkitadan mahkamlangan bo‗ladi (4.31-rasm). SC razyomlariga
o‗xshash o‗rnatiladigan MIC FDDI razyomlari ham mavjud. Qurilmalar xarid
qilinganda albatta razyomlarni kabel tomonidagisi bilan transiver yoki
konsentratorlarda o‗rnatilgan razyomlarga mos tushishiga e‘tiborni qaratish lozim.
4.30 – rasm. Shisha tolali kabel uchun ST-razyomi Standartga binoan 10BASE-FL uskunasida multimodli kabel va 850 nm
to‗lqin uzunlikdagi yorug‗lik ishlatiladi, lekin yaqin kelajakda bir modli kabelga
o‗tish ehtimoli yo‗q emas. Segmentda (kabel va razyomlarda) jami optik yo‗qotish
12,5 dB dan oshmasligi kerak. Bunda kabelning 1 km qismiga yo‗qolish 4-5 dB
atrofida bo‗ladi , razyomdagi yo‗qolish esa – 0,5 dan 2,0 dB atrofida bo‗ladi (bu
kattalik razyom o‗rnatilishiga juda ham bog‗liqdir). Yo‗qotishning faqat shu
kattaliklarida aloqani ravon ta‘minlashga kafolat beriladi. Amalda tavakkal
qilmaslik uchun kabel uzunligini ruxsat etilgan uzunligidan 10% kam olib ishlatish
yaxshi natija beradi.