309 Ikkita kompyuterni shisha tolali kabel yordamida ulanganda, eng kam
qurilmalar to‗plami o‗z ichiga quyidagi elementlarni oladi:
transiver razyomlari bilan ikkita tarmoq adapterni;
ikkita shisha tolali transiverni (FOMAU);
ST – razyomli ikkita shisha tolali kabelni (yoki SS yoki MIC
razyomli);
Agarda kompyuterlar soni ikkitadan ko‗p bo‗lsa, shisha tolali portlari
bo‗lgan konsentratorlarni ishlatish kerak. Har bir kompyuter transiver hamda
transiver kabeli bilan va shuningdek tegishli razyomli ikkita shisha tolali kabellar
bilan ta‘minlangan bo‗ladi.
100 BASE-TX uskunasi. Kompyuterlarni 100BASE-TX tarmog‗iga ulash
amaliy jihatdan 10BASE-T tarmog‗iga ulash sistemasidan hech farq qilmaydi
(17.14-rasm). Lekin bu holda ekranlashtirilmagan o‗ralgan juftlik (UTP) 5 yoki
undan yuqori toifadagi kabellardan foydalanish zarur.
Kabellarni ulash uchun 10BASE-T holidagidek 8-kontaktli RJ-45 turidagi
razyomlardan foydalaniladi. Lekin bu razyomlar (5-toifadagi) 3-toifadagi
razyomlardan biroz farq qiladilar. Xuddi 10 BASE-T kabi, kabel uzunligi 100
metrdan osha olmaydi, markazida konsentratori bo‗lgan ―passiv yulduz‖
topologiyasi ishlatiladi. Faqat Fast Ethernet tarmoq adapterlari bo‗lishi kerak va
konsentrator 100BASE-TX segmentini ulash uchun hisoblangan bo‗lishi kerak.
Shuning uchun 10BASE-T tarmoqni o‗rnatilayotganda bir vaqtning o‗zida 5-
toifadagi kabelni ham o‗tkazishga maslahat beriladi. Tarmoq adapterlari va
kabellar orasiga tashqariga chiqarilgan transiverlar o‗rnatilishi mumkin.
Vaholanki 10BASE-T kabelning va 100BASE-TX kabelning ham
maksimal uzunligi 100 metr bo‗lsa ham bu uzunliklarni cheklash sabablari ikki
tarmoq uchun turlidir.
10BASE-T kabeli uzunligining 100 metrgacha chegaralanishining sababi,
kabelning sifati yomonligida (aniqrog‗i undagi signalning so‗nishi). Lekin 150