313 100BASE-TX holidagi kabi, tarmoq kabelini adapterga (transiverga) va
konsentratorga ulash uchun 8 kontaktli RJ-45 raz‘mi ishlatiladi. Lekin bu
vaziyatda razyomning hamma 8 kontaktidan foydalaniladi. 4.5-jadvalda razyom
kontaktlarining vazifalari keltirilgan.
Jadval 4.5.
100BASE-T4 segmenti uchun RJ-45 turidagi razyom kontaktlarining taqsimoti (TX- axborotlarni uzatish, RX-axborotlarni qabul qilish, BI- ikki tarafga yo„nalgan uzatish). Kontakt Vazifasi Simning rangi 1
TX-DI+
Oq/qovoqrang
2
TX-DI-
Qovoqrang/oq
3
RX-D2+
Oq/yashil
4
BI-D3+
Ko‗k/oq
5
BI-D3-
Oq/ko‗k
6
RX-D-
Yashil/oq
7
BI-D4+
Oq/jigarrang
8
BI-D4-
Jigarrang/oq
Axborot almashinuvi, bitta o‗ralgan juftlik orqali uzatish uchun, ikkinchi
o‗ralgin juftlik orqali qabul qilish uchun va yana ikkita o‗ralgan juftliklardan ikki
tomonga uch qiymatli differensial signallarni uzatish orqali olib boriladi.
Ikkita kompyuterni konsentrator ishtirokisiz ulashni amalga oshirish uchun
chorraha kabellaridan foydalaniladi. Oddiy to‗g‗ri kabel yordamida kompyuterni
konsentratorga ulash amalga oshiriladi, ulardagi razyomlarning bir xil nomli
kontaktlari bir biri bilan to‗g‗ri ulanadi. Kabel sxemalari 4.35-rasmda keltirilgan.
Agarda chorraha ulanish konsentrator ichida amalga oshirilsa, tegishli port ―X‖
harfi bilan belgilab qo‗yilishi kerak. Ko‗rib turibmizki bu yerda ham aynan 100
BASE-TX va 10 BASE-T kabidir.
100BASE-T4 segmentida 3-toifadagi kabel yordamida axborot uzatish
tezligini 1000 Mbit/s ga yetkazish uchun axborotni kodlashtirishning o‗ziga xos
yagona usuli ishlatildi, bu usul 8V/6T nomi bilan yuritiladi. Uning g‗oyasi