318
Birlamchi
tarmoq
arxitekturasi
telekommunikatsion
tarmoqning
umumlashtirilgan arxitekturasiga mos keladi, yaʻni kabelli aloqa yo‗llari va
kommutatorlardan tashkil topgandir.[10],[14]
Birlamchi tarmoqlarda kanallar kommutatsiya texnikasi ishlatiladi, shuning
uchun bu tarmoqlarning kanallari qayd qilingan o‗tkazish xususiyatiga ega.
Birlamchi tarmoq kommutatorlarining alohida xususiyati bo‗lib, ular
kanallarni
dinamik
kommutatsiyalamaydi, yaʻni telefon tarmoqlarida sodir
bo‗ladiganidek foydalanuvchi qurilmasining so‗rovi bilan emas,
apparatda nomer
terilganda
tuzilgan
kanalni
chaqirilayotgan
abonent
apparati
bilan
kommutatsiyalanadigan, balkim tarmoq operatorining buyrug‗i bilan
statik
kommutatsiyalanadi.
Shuning uchun birlamchi tarmoqning tuzilgan ularni kanalini ulovchi
ustama tarmoqning ikki kommutatori uchun doimiy oddiy kabel ulanishi bo‗lib
qoladi, ustama tarmoq kommutatorlari ular orasida
joylashgan birlamchi tarmoq
kommutatorlarini ―ko‗rmaydilar‖. Bunday hollarda, birlamchi tarmoq ularning
kanallari orqali ishlovchi ustama tarmoq uchun shaffof deb aytiladi.
20.1 – rasmda birlamchi tarmoq orqali ulangan
uchta marshrutizatorli
(pastdagi yuza), ustama tarmoq paketlarni kommutatsiyalashdagi (yuqoridagi
yuza) qismi ko‗rsatilgan.
Odatda birlamchi tarmoqning bitta kabeli multipleksirlash hisobiga
kompyuter yoki telefon tarmoqlarining bir necha yuz magistral kanallarining
trafigini uzatish imkoniyatini beradi.
Birlamchi tarmoqlarni yaratishning bir necha texnologiyasi mavjud:
plezioxronli raqamli iyerarxiya (PDH);
sinxron raqamli iyerarxiya (SDH/SONET);
zichlashtirilgan to‗lqinli multipleksirlash (DWDM);
optik transport tarmog‗i (OTN).