322
raqamli abonent kanalida o‗lchangan tovushning kelish davriga mos keladi.
Demak, multipleksor yoki kommutator har qanday abonent kanaliga o‗z
vaqtida
xizmat ko‗rsatib va uni navbatdagi o‗lchamini tarmoq bo‗ylab uzatib ulguradi. Har
bir ulanishga qurilmaning ishlash sikl vaqtining bir kvanti ajratiladi, uni
shuningdek taym-slot ham deb ataladi. Taym-slot davri (davomiyligi) multipleksor
yoki kommutator tomonidan xizmat ko‗rsatiladigan
abonent kanallari soniga
bog‗liq.
Rasmda ko‗rsatilgan tarmoqda, kommutatsiyalash orqali 24
kanal hosil
qilindi va ularning har biri juft abonentni ulaydi. Xususan, 1 kirish kanaliga
ulangan abonent, 24 chiqish kanaliga ulangan abonent bilan bog‗langan, 2 kirish
kanaliga ulangan abonent, 1 chiqish kanaliga ulangan abonent bilan bog‗langan,
xuddi shu kabi 24 kirish kanal abonenti 2 chiqish kanal abonenti bilan
kommutatsiyalangan. M1 multipleksori kirish kanali bo‗yicha
ulangan
abonentlardan axborot oladi, ularning har biri 1 bayt axborotni har bir 125 mks (64
Kbayt/s) oladi. Har bir siklda multipleksor quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
1. Har bir kanaldan navbatdagi axborot baytlarini qabul qiladi.
2. Qabul qilingan baytlardan kadrni tuzish.
3.Chiqish kanaliga kadrlarni bit tezligida uzatish, u teng 24 64 Kbit/s, bu
taxminan 1,5 Mbit/s ni tashkil etadi.
Kadrda baytning kelish tartibi kirish kanalining nomeriga mos keladi. S1
kommutator multipleksordan kadrni tezkor kanal orqali oladi va undan har bir
baytni o‗z bufer xotirasining alohida yacheykasiga yozadi, yozilish tartibi zichlab
joylashtirilgan kadrdagi tartib bo‗yicha amalga oshiriladi.
Kommutatsiyalash
operatsiyasini bajarish uchun baytlarni bufer xotirasidan kelish tartibida olinmaydi,
tarmoqda abonentlarni ulanish tartibidagi tartibga mos ravishda amalga oshiriladi.
Ko‗rilayotgan misolda S1 kommutator kirish 1,2 va 24 kanallarini chiqish 24,2 va
1 kanallari bilan mos ravishda kommutatsiyalaydi. Bu operatsiyani bajarish uchun
bufer xotiradan birinchi bo‗lib 2 bayt olinishi kerak, ikkinchi bo‗lib 24
bayt va