326
SDH multiplesirlash sxemasi juda moslashuvchan bo‗lib, u yuqori
bosqichli tezlikli axborot oqimidan kam tezlikli oqim ostini yuqori tezlikdagi
oqimni ketma-ket demultipleksirlashsiz uni tashkil etuvchilariga ajratib olish
imkoniyatini beradi. Masalan, STM-16 oqimidan bevosita STM-1 oqimini ajratib
olish mumkin. SDH multiplesirlash texnikasi turli bosqichdagi tezlikli virtual
konteynerlarni (Virtual Container, VC) ishlatishga asoslangan, ular bir-birini
inkapsulyatsiyalaydi. SDH multipleksorlari ham shuningdek kiritish-chiqarish
multipleksorlari (Add-Drop Multiplexers, ADM) deb ataladi.
Sinxronizatsiya. SDH multipleksorlari o‗zining ishlashi uchun juda ham
aniq o‗zaro sinxronizatsiyalashtirish talab etiladi (bu xususiyatning muhimligi
texnologiyaning nomidan ham ma‘lum). Bunday sinxronizatsiyalash SDH
tarmoqning magistral multipleksorlarini o‗z sinxroimpulslari bilan ta‘minlovchi
tashqi bir yoki bir necha etalon atom soatlari bilan ta‘minlanadi. Ancha past
bosqichlardagi SDH multipleksorlari boshqa usul bilan sinxronizatsiyalanadi – ular
sinxrosignalini magistral multipleksorlardan keluvchi kadrning sarlavhasidan
oladilar.
Umuman
olganda
sinxronizatsiyalash
tarmog‗i
tarmoqlarni
loyihalashtiruvchisi uchun SDH tarmoqning muhim elementidir.
Dostları ilə paylaş: