Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
301
Adapter va konsentratorga kabellar 8-kontaktli RJ-45 (4.26-rasm) turdagi 
razyom orqali ulanadi, tashqi ko‗rinishidan oddiy telefon razyomiga o‗xshash 
bo‗lib, undagi to‗rtta kontaktgina ishlatiladi. 
Kontaktlar vazifasi 4.2-jadvalda keltirilgan. 
4.26 – rasm. RJ –45 razyomi. 
4.2 – Jadval.
RJ-45 razyom kontaktlarining vazifasi 
Kontakt 
Vazifasi 
Simning rangi 








TX+ 
TX+ 
RX+ 
Ishlatilmaydi 
Ishlatilmaydi 
RX+ 
Ishlatilmaydi 
Ishlatilmaydi 
Oq/ qovoq rang 
Qovoq rang/oq 
Oq/yashil 
Yashil/oq 
Ekranlanmagan o‗ralgan juftli kabellarni (UTP-kabel) koaksial kabellarga 
nisbatan montaj qilish ancha oson, chunki ularda to‗qilgan simli ekran qobiq yo‗q 
bo‗lgani uchun. Narxlarini solishtiradigan bo‗lsak, ingichka koaksial kabelga 
nisbatan UTP-kabeli ikki baravar arzonroq turadi. Shuni ham hisobga olish kerakki 
passiv yulduz topologiyasida shina topologiyasiga qaraganda ancha ko‗p kabel 
sarflanadi. 


 
302
Tarmoqni shovqinlargа chidamlilik ta‘sirini oshirish uchun to‗qilgan 
juftliklardan diferensiallashgan signallar uzatiladi, yani bu o‗ralgan juftlik 
simlaridan hech biri yerga ulanmaydi. Koaksial kabelli segmentlardan farqli 
o‗laroq tashqi terminatorlardan foydalanilmaydi, kabellar yerga ulanmaydi
faqatgina tarmoq kompyuterlarinigina yerga ulash bilan kifoyalanadi. 
10BASE-T tarmoqda kabel simlarini ulashning ikki turidan foydalaniladi 
(4.27-rasm). Agarda tarmoqqa faqat ikkita kompyuter qo‗shilmoqchi bo‗linsa, 
konsentratordan foydalanilmasa ham bo‗ladi, chorraha kabelini (crossover cable, 
perekryostniy kabel) ishlatish usulidan foydalanib, ya‘ni bir razyomning RJ-45 
uzatish kontaktlarini ikkinchi razyomning RJ-45 qabul qilish kontaktlariga va 
teskarisiga ulashni amalga oshirish mumkin. Kompyuterlarni konsentratorlar bilan 
ulashda odatda to‗g‗ri kabeldan (direkt kable, pryamoy kabel) foydalaniladi, ularda 
ikkala razyomlarning bir xil kontaktlari bir-biri bilan o‗zaro to‗g‗ri ulanadi. 
Shunday to‗g‗ri kabel bilan ulanishga mo‗ljallangan konsentratorlar ko‗p. To‗g‗ri, 
albatta hisobga olish kerakki, ba‘zi hollarda chorraha ulanish konsentrator portida 
amalga oshiriladi (standart bu vaqtda unday portlarni «X» harfi bilan belgilashni 
tavsiya etadi), shuning uchun tarmoqda ulash ishlarini olib borish vaqtida juda 
ziyraklik bilan amalga oshirish talab qilinadi.

Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin