Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

10 BASE-T 
uskunasi.
1990-yildan beri o‗ralgan juftlik asosidagi Ethernet tarmog‗i rivojlanib 
kelmoqda va tanilib keng ko‗lamda ishlatilmoqda. Bu ko‗pchilik holda moda 
bo‗lganligi uchun tarqalgan, balki o‗ralgan juftlik afzalliklari uchun emas. 
10BASE2 ga nisbatan 10BASE-T qurilma va moslamalari ancha narxi qimmat. 
Lekin haqiqatdan ham 10BASE-T afzalligi mavjud, bulardan eng muhimi silliq 
Fast Ethernet ga o‗tish imkoniyatini yaratadi, koaksial kabel segmentlari bunday 
imkoniyatni ta‘minlab bera olmaydilar. Kabellardan biri shikastlansa, butun 
tarmoqning ish faoliyatini to‗xtatishga olib kelmaydi. Qurilmalardagi buzilishlarini 
ajratish oson. O‗ralgan juftlikdagi tarmoqning montaj ishlarini amalga oshirish 
ancha osondir. Qulaylikning yana biri kompyuterlarga faqat bitta kabel keladi, 
10BASE2 kabi ikkita kabel emas. 


 
300
10BASE-T tarmoq bo‗lagida ikkita o‗ralgan juftlik orqali signallar 
uzatilishi amalga oshiriladi. Ulardan har biri faqat bir tarafga signal uzatadi (bir 
juftlik-uzatuvchi, ikkinchi juftlik-qabul qiluvchi). Bunday juft o‗ralgan juftlik 
ishlatilgan kabel tarmoq abonentlari konsentratorlarga (xab) ulanadilar, ularning 
ishlatilishi avvalgi ko‗rilgan holatlarga nisbatan shart. Konsentrator abonentdan 
kelayotgan signalni suradi, sababi CSMA/CD ega bo‗lish usulini hosil qilish 
uchun, ya‘ni bu holda ―passiv yulduz‖ topologiyasi hosil qilinadi (4.25-rasm), u 
esa aytib o‗tilganidek ―shina‖ topologiyasi kabidir. 
 
4.25 – rasm. O„ralgan juftlik yordamida abonentni tarmoqqa ulash 
Adapter va konsentratorlarni ulovchi kabel uzunligi 100 metrdan 
oshmasligi kerak, bu vaziyat ko‗pincha kompyuterlarni joylashtirishni keskin 
chegaralab qo‗yadi. 6 mm diametrli egiluvchan kabel ishlatiladi. Kabel tarkibiga 
kirgan to‗rtta o‗ralgan juftlikdan faqat ikkitasidan foydalaniladi. Eng ko‗p tarqalib, 
ishlatiladigan kabel turi bu 3-toifadagi EIA/TIA kabelidir. Lekin hozirgi vaqtda 
ancha yuqori sifatli 5-toifadagi (yoki undan ham yuqori toifadagi) kabeldan 
foydalanish tavsiya etiladi. Bu turdagi kabel hech qanday muammosiz Fast 
Ethernetga o‗tish imkonini beradi. AWG22-26 turdagi kabel ham taniqli. Hech 
qachon o‗ralgan juftlik hosil qilmagan telefon kabellarini ishlatish kerak emas
chunki u tarmoq ishini buzilishiga olib keladi. 
Konsentrator 
Adapter 
Adapter 
8 ta kоntаktli RJ-
45 razyomlar 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin