302
Tarmoqni shovqinlargа chidamlilik ta‘sirini oshirish uchun to‗qilgan
juftliklardan diferensiallashgan
signallar uzatiladi, yani bu o‗ralgan juftlik
simlaridan hech biri yerga ulanmaydi. Koaksial kabelli
segmentlardan farqli
o‗laroq tashqi terminatorlardan foydalanilmaydi,
kabellar yerga ulanmaydi,
faqatgina tarmoq kompyuterlarinigina yerga ulash bilan kifoyalanadi.
10BASE-T tarmoqda kabel simlarini ulashning ikki turidan foydalaniladi
(4.27-rasm). Agarda tarmoqqa faqat ikkita kompyuter qo‗shilmoqchi bo‗linsa,
konsentratordan foydalanilmasa ham bo‗ladi, chorraha kabelini (crossover cable,
perekryostniy kabel)
ishlatish usulidan foydalanib, ya‘ni bir razyomning RJ-45
uzatish kontaktlarini ikkinchi razyomning RJ-45 qabul qilish kontaktlariga va
teskarisiga ulashni amalga oshirish mumkin. Kompyuterlarni konsentratorlar bilan
ulashda odatda to‗g‗ri kabeldan (direkt kable, pryamoy kabel) foydalaniladi, ularda
ikkala razyomlarning bir xil kontaktlari bir-biri bilan o‗zaro to‗g‗ri ulanadi.
Shunday to‗g‗ri kabel bilan ulanishga mo‗ljallangan konsentratorlar ko‗p. To‗g‗ri,
albatta hisobga olish kerakki, ba‘zi hollarda chorraha ulanish konsentrator portida
amalga oshiriladi (standart bu vaqtda unday portlarni «X»
harfi bilan belgilashni
tavsiya etadi), shuning uchun tarmoqda ulash ishlarini olib borish vaqtida juda
ziyraklik bilan amalga oshirish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: