303
Yana shuni hisobga olish kerakki, ikkita konsentratorni oddiy portlar orqali
ulanganida, kabel chorraha ulanishli bo‗lishi kerak.
Bir konsentratorni maxsus kengaytirish portini (UpLink)
boshqa bir
konsentratorni oddiy porti bilan ulanishi lozim bo‗lgan holda to‗g‗ri kabel
yordamida amalga oshirilishi kerak.
Yana shuni aytib o‗tish kerakki, o‗ralgan juftlik kabellari bilan ulanadigan
adapter va konsentratorning maxsus xususiyati mavjuddir, ya‘ni ularga o‗rnatilgan
tarmoqqa to‗g‗ri ulanganligini nazorat qilish vositasi mavjud.
Axborot uzatish
to‗xtagan hollarda davriy ravishda test impulsi uzatilib turadi (NLP-Normal Link
Pulse), kabelning qabul qilish tarafida ularning mavjudligiga qarab kabelning
butunligi aniqlanadi. To‗g‗ri ulanganligini ko‗z bilan ko‗rib
nazorat qilish uchun
maxsus yorituvchi diodli moslama ―Link‖ mavjuddir, ular uskuna to‗g‗ri ulangan
holatdagina yonadilar. Bu imkoniyat 10 BASE-T segmentini juda yaxshi afzallik
bilan qolgan 10 BASE2 va 10 BASE5 segmentlaridan farqlab turadi. 10 BASE2 va
10BASE5 segmentlari shina tarkibli bo‗lganligi sababli
yuqoridagi xususiyat
mavjud bo‗la olmaydi.
O‗ralgan juftlik tarmoq qurilmalarining eng kam to‗plamining elementlari
quyidagilardan tashkil topgan:
RJ-45 UTP-razyomli tarmoq adapteri (tarmoqqa birlashtirilgan
kompyuterlar soniga teng);
ikki uchida RJ-45 razyomli kabel bo‗lagi (ulangan
kompyuterlar
soniga qarab);
bitta konseptrator, qancha kompyuterlarni UTP-port JR-45 razyomi
orqali birlashtira olsa.
10BASE-T standarti yordamida o‗ralgan
juftlik yordamida kompyuter
tarmog‗ini ulashga misol 17.14-rasmda keltirilgan.