289
Yo‗naltirgichlar ko‗priklarga qaraganda ancha murakkab vazifani
bajaradilar. Ularning asosiy vazifasi – har bir paket uchun optimal uzatish yo‗lini
tanlashdir. Buning uchun tarmoqning eng ko‗p yuklangan qismlarini va buzilgan
bo‗laklarini aylanib o‗tishi kerak. Ular odatda murakkab
shoxlamali tarmoqda
ishlatiladi, bu holda alohida olingan abonentlar o‗rtasida bir necha aloqa yo‗li
mavjud bo‗lishi mumkin.
Shlyuzlar – bu qurilmalarning protokollari katta farq qiluvchi, butunlay bir-
biridan farq qiluvchi tarmoqlarni birlashtirishga ishlatiladi, masalan, mahalliy,
tarmoqlarni katta kompyuterlar bilan yoki global tarmoq bilan ulashda qo‗llaniladi.
Bu qurilmalar kam qo‗llaniladigan va qimmat tarmoq qurilmalariga kiradi.
Agarda
OSI modeliga murojaat qilsak, u holda repiter va repiterli
konsentratorlar tarmoqni yoki uning qismini birinchi bosqich vazifasini bajaradi.
Ko‗priklar – ikkinchi bosqich vazifasini bajaradi, yo‗naltirgichlar –
uchinchi
bosqich vazifasini bajaradi, shlyuzlar – ancha yuqori bosqichlar vazifalarini
bajaradilar (4,5,6 va 7 larda).
Xuddi shuningdek, repiterlar birinchi bosqich
(hammasi emas, faqat ba‘zi birlari) vazifasini bajaradi, ko‗priklar ikkinchi bosqich
funksiyasini bajaradilar (birinchi bosqich va qisman ikkinchi bosqichda ularda
tarmoq adapterlari ishlaydi), yo‗naltirgichlar –
uchinchi bosqichi, shlyuzlar esa
hamma bosqich vazifalarini bajarishi kerak.
Dostları ilə paylaş: