BITI 3KURS 7S-20 GURUPPA F.O’. ERGASHEV BEXRUZ O’QUVCHI. XUDAEV ASILBEK MUSTAQIL ISH PREZIDENTATSIYA PATALOGIK FEZALOGIYA

Semizlik bu – organizmda ortiqcha miqdorda yog‘ to‘planishidir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2016 yilda e'lon qilgan ma'lumotlariga ko‘ra, yer yuzida 18 yoshdan kattalar orasida 1,9 mlrd nafardan ko‘proq odam ortiqcha vazn bilan yashaydi (hozirda bu sonning yanada ortganini bemalol taxmin qilish mumkin). Ulardan 650 mlndan ko‘prog‘ida semizlik bor.

Sohaga oid adabiyotlarda yozilishicha, 55 yoshdan kichik bo‘lgan 3-daraja semizligi bo‘lgan odamlarda 2-tur qandli diabet bilan kasallanish xavfi shu yoshdagi normal tana vaznida bo‘lgan odamlarga nisbatan erkaklarda 18, ayollarda 13 marta yuqori bo‘ladi.

55 yoshdan kichik yoshdagi ortiqcha tana vazni bo‘lganlarda qandli diabet xavfi, xuddi shu yoshdagi normal tana vaznlilarga nisbatan 3-4 baravar yuqori bo‘ladi.

Gipertoniya kasalligi xavfi esa 55dan kichik yoshdagi normal tana vaznlilarga nisbatan ortiqcha tan vaznlilarda 1,6 marta, 1-daraja semizligi bor shaxslarda 2,5-3,2 marta, 2-3-daraja semizligi bor shaxslarda 4-5,5 marta yuqori bo‘ladi

Yurak ishemik kasalligi va bosh miyada qon aylanishi buzilishi (insult) chastotalari ikkala jinsda ham har qanday yoshda tana vazni indeksi ortishiga proporsional tarzda ortib boradi
Xolesistit bilan og‘rish xavfi TVI (tana vazni indeksi) ortib borishi barobarida normal tana vaznlilarga nisbatan erkaklarda 4-21, ayollarda 2,5-5,2 marta yuqori bo‘ladi.
Arterial gipertenziya, gipertoniya, yuqori qon bosimi – yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanishida eng muhim rol oʻynaydigan omil hisoblanadi, bu kabi asoratlardan eng xavflisi infarkt va insultdir. Koʻpchilik yoshi katta insonlar bu muammodan aziyat chekadilar, ammo hozirgi kunda arterial qon bosimning yuqori boʻlishi oʻrta yoshdagi va yosh insonlarda ham uchrab turibdi

Birlamchi gipertenziya turli xil omillar taʼsirida yuzaga chiqadi. Bu kabi faktorlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Nasliy omil;
Ortiqcha tana vazni;
Stress va zoʻriqish;
Spirtli ichimliklar ichish, tamaki mahsulotlarini chekish, kofe va boshqa energetik ichimliklar koʻp qabul qilish;
Notoʻgʻri ovqatlanish tartibi.
Gipertonik kriz simptomlari va birinchi yordam koʻrsatish

Gipertoniya odatda belgilarsiz kechadi, organizmda kechayotgan patologik holatni inson avvaliga sezmaydi. Oʻz vaqtida chora koʻrmaslik keyinchalik jiddiy oqibatlarga olib keladi, masalan gipertonik kriz va boshqa jiddiy asoratlar.
Qon bosimi oshishi sabablari
Katta yoshdagi odam qon bosimi normal koʻrsatkichi – sistolik (yuqori koʻrsatkich) bosim 120 mm.Hg ustuni va diastolik (past koʻrsatkich) bosim 80 mm.Hg ustuniga teng boʻlishidir. Birinchi koʻrsatkich yurak qisqargan vaqtida paydo boʻladi, ikkinchi bosim esa yurak boʻshashganda
Shifokor kelguniga qadar quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilishi kerak:

Bemorni qulay joyga joylashtirish, tananing yuqori qismini biroz koʻtarish (har qanday jismoniy harakatdan cheklash, bemorni qimirlatmaslik);
Bemorni kiyimlarni boʻshatish, yaʼni boʻyin tugmalari yechiladi, kamarlar boʻshatiladi;
Toza havo kirishini taʼminlash uchun oyna va fortochkalar ochiladi.
Agar bemorga qon bosimini tushiruvchi preparatlar avvaldan yozib berilgan boʻlsa, rejimdan tashqari qabul qilish. Tez yordam sifatida Nifedipin yoki Kaptopril tabletkalaridan bir donasini til ostiga soʻrish uchun berish mumkin (Shifokor tavsiyasiga koʻra). Koʻkrak va koʻkrak orti sohasida ogʻriq boʻlsa, Nitroglitserin tabletkasidan berish;
Sedativ vositalardan berish ham yaxshi samara beradi (Korvalol, Valokordin) – ular bemorni tinchlantiradi va umumiy ahvolini yaxshilaydi;
Iliq muolajalar (xantallar, grelkalarni oyoqqa qoʻyish) ham qon bosimini biroz tushiradi.