343
ATM yacheyka o‗lchami 53 bayt, undan axborot maydoni 48 baytni tashkil
etadi, bu kattalik elastik va ushlanishlarga sezuvchan trafikni uzatishdagi tarmoqqa
qo‗yiladigan talablar o‗rtasidagi kelishuv natijasi deyilsa bo‗ladi. Yana
quyidagicha aytish mumkin, kelishuv telefonchilar va kompyuterchilar o‗rtasida
amalga oshirilgan, ulardan birinchisi maydon o‗lchamini 32 bayt bo‗lishini talab
qilganlar, ikkinchilari esa 64 bayt bo‗lishini.
Axborotlar maydonining o‗lchami 48 bayt bo‗lganda ATM yacheykasining
bittasi odatda tovushni 48 ta o‗lchanishini olib o‗tadi, ularni 125 mks oraliqda
amalga oshiriladi. Shuning uchun birinchi o‗lchash yacheyka tarmoqqa
jo‗natilguncha taxminan 6 ms kutishi kerak bo‗ladi. Aynan shu sababga ko‗ra
telefonchilar yacheyka o‗lchamini kamaytirish uchun kurashganlar, chunki bu 6 ms
ushlanish vaqt tovushni uzatish sifatini buzilish chegarasidagi yaqin vaqt
hisoblanadi. Yacheyka o‗lchamini 32 bayt qilib tanlanganda esa paketlashtirishdagi
ushlanish 4 ms tashkil etgan bo‗lar edi, bu esa tovushni ancha sifatli uzatishni
kafolatlar edi. Kompyuter mutaxassislarining axborotlar maydonini loaqal 64
baytgacha oshirishga urinishlari tushinarli – bunda axborotlarni uzatishning foydali
tezligi oshar edi. 48 baytli maydon ishlatilganda xizmatchi axborotlarning
ortiqchaligi 10% tashkil etadi, 32 bitli axborotlar maydoni ishlatilganda esa u
darrov 16 % gacha oshadi.
Dostları ilə paylaş: