346
4.6§ MPLS texnologiyasi.
Belgi yordamida ko‗p protokolli kommutatsiyalashlar
(Multi-Protocol
Label
Switching,
MPLS
– mnogoprotokolniy kommutatsii s pomoshyu metok )
texnologiyasi ko‗p mutaxassislar tomonidan bugungi kundagi eng dolzarb
transport texnologiyasi deb hisoblanmoqda. Bu texnologiya virtual kanallar
texnikasining afzalliklari bilan TSR/IP stekining funksionalligini birlashtirgan.
Birlashish bitta tarmoq qurilmasi belgilar bo‗yicha kommutatsiyalovchi
(ulovchi) marshrutizator (Label
Switch Router, LSR) deb atalishi tufayli sodir
bo‗lmoqda, u IP-marshrutizatorining ham vazifasini va shuningdek virtual kanallar
kommutatorining vazifasini ham bajaradi. Bu ikki qurilmani mexanik ravishda
birlashtirish emas, qachonki har bir qurilmaning vazifasi
bir-birining vazifasini
to‗ldiradi va birgalikda ishlatiladi.
Birinchi marta marshrutlash (yo‗nalish tanlash) va kommutatsiyalash
(ulashni) bitta qurilmada amalga oshirish g‗oyasi 90 yillarning o‗rtasida bozorda
IP/ATM aralash qurilma paydo bo‗ganda joriy etilgan edi. Bu qurilmalarda yangi
texnologiya IP-kommutatsiyalash (IP switching) joriy etilgan bo‗lib,
unda IP-
paketlarni tarmoq orqali xarakatlanishini tezlatish muammosini IP va ATM stek
protokollarining birgalikdagi xarakati orqali yechilgan. Shu vaqtda IP protokoli
ko‗pincha ATM
ning yuqori qatlamida ishlagan, bunda provayder tarmog‗idagi
chegaraviy IP-marshrutizatorlar o‗rtasida ATM kanallari axborotlarni tez uzatish
uchun ishlatilgan (ko‗pincha kafolatlangan o‗tqazish imkoniyatini va QoS
quvvatlashida), shu bilan u oraliqdagi magistral IP- marshrutizatorlarni ―aylanib
o‗tish‖ yoki ―taajjubda qoldirish‖ ni amalga oshirgan. O‗sha
vaqtning IP-
marshrutizatorlari ATM kommutatorlaridan ancha sekin ishlagan, shuning uchun
bunday ―taajjubda qoldirish‖ dan samara jiddiy bo‗lgan.
Biroq bu usulning
kamchiligi bo‗lgan edi – u qisqa vaqtli oqimlar uchun yomon ishlagan, chunki