40
Superkompyuterlar. Superkompyuterlarga tezligi sekundiga yuzlab million–
o‗nlab milliard, suriluvchi vergulli operatsiyalarni bajaruvchi (Mflops),
quvvatli
ko‗p protsessorli hisoblash mashinalari kiradi.
Superkompyuterlar quyidagi murakkab masalalarni yechish uchun
qo‗llanadi, davlat xavfsizligini ta‘minlash
masalalari, kosmosni tadqiq qilish
masalalari, ob-havoni bashorat qilish (shu
jumladan, to‗fonlarning quvvati va
harakat yo‗nalishining bashorati), inson va hayvonlarni
bioximik tadqiqot
masalalari, yadro qurolining ishga layoqatliligini nazorat qilish,
AES ishonchli
ishlashining nazorati va hokazo. Birinchi superkompyuterlar g‗oyasi 1960-yili
yaratilgan, 1972-yili esa o‗zi yaratilgan (20 Mflops unumdorlikka ega bo‗lgan
ILLIAC IV). 1975-yildan boshlab unumdorligi 160 Mflops va operativ xotira
sig‗imi 8 Mbayt bo‗lgan Cray 1
superkompyuterini yaratib, birinchilikni Cray
Research firmasi egalladi, 1984-yili to‗liq SIMD arxitekturasi joriy etilgan Cray 2
yaratilib, superkompyuterlarning yangi avlodini dunyoga keltirdi. Cray 2–
unumdorligi-2000 Mflops, operativ xotira sig‗imi–2 Gbayt.
Hozirgi vaqtda dunyoda bir necha minglab superkompyuterlar mavjud, Cray
firmasining oddiy ofis uchun mo‗ljallangan Cray EL dan boshlab to quvvatli Cray
-3, Cray -4, Cray Y-MP C90 gacha; NEC kompaniyasining SX-3 SX-X;
Control
Data firmasining Research, Cyber 205; Fujitsu kompaniyasining VP 2000 (ikki
firma Yaponiyaniki); Fujitsu Siemens (Germaniya-Yaponiya) VPP 500 va hokazo,
unumdorligi bir necha yuz ming Mflops.
Rossiyada yaratiligan va ishlab chiqarilgan YES 1191, YES 1195,
―Elburus‖superkompyuterlari. YES 1195, YES 1191.01
ofis variantlarining
unumdorligi mos ravishda 50 Mflops va 500 Mflopsga ega.
Superkompyuterning tipik modellari:
-
yuqori parallelli ko‗p protsessorli hisoblash tizimlari, tezligi 100 000
Mflops dan ko‗proq;