Юrak aritmiyalari



Yüklə 258,43 Kb.
səhifə1/3
tarix05.05.2017
ölçüsü258,43 Kb.
#16912
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TIBBIY TA`LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

MAVZU:

ЮRAK ARITMIYALARI


(Tibbiy oliy ta`lim muassasalari o’qituvchi va talaba uchun)

o’quv-uslubiy ko’rsatma



Mavzu ЮRAK ARITMIYALARI






1. Mashg’ulot o’tkazish joyi, jixozlanishi

- Kardiologiya va umumiy terapiya, laborator-diagnostika bo’limlari, o’quv xona.

  • EKG taxlillari, serologik taxlillar, klinik va bioximik taxlillar yig’masi, immunologik taxlillar, bioximik taxlillar, rentgenologik tekshirishlar natijalari, o’qituvchi-kontrolli testlar, tematik bemorlar, tarqatma materiallar: tasnifi, tashxis mezonlari.

  • TV-video, overxet, mul`timedia proektori, jadvallar, slaydlar, axborot-komp`юterlashtirilgan dastur, tematik bemorlar, plakat va rasmlar.



2. Mashg’ulotning davomiyligi

Berilgan mavzuni yoritish uchun ajratilgan soat-270 minut



3. Mashg’ulotning maqsadi:

Talabalarga kasallik etiologiyasini, patogenezini, klinik simptomatologiyalarni, laborator-instrumental diagnostika va ratsional terapiyani, asoratlar profilaktikasini, reabilitatsiyani o’rgatish.



Ta`lim maqsadi - nazariy bilimlarni egallash va mustaxkamlash:

Tarbiyaviy maqsadi – shifokorlikka tayyorlashda jaxon standartlari talab darajasida mutaxassislikka qiziqishni, mas`uliyat xissiyotlarini shakl­lan­tirish, o’z bilim darajasini kengaytirishga qiziqishni tarbiyalash, deontologik tarbiya darajasini shakllantirish, amaliy ishni bajarishda eҳtiyotkorlik, aniqlik va ma`suliyatni xis etishni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad - talabalarda mustaqil fikrlashni vai mustaqil muloxaza юritishni shakllantirish, talabalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish (klinik, gigienik).

.

Vazifalar



  1. Юrak aritmiyalarining qisqacha ta`rifi.

  2. Юrak aritmiyalarining etiologiyasi.

  3. Юrak aritmiyalarining patogenezi.

  4. Юrak aritmiyalarining tasnifi.

  5. Юrak aritmiyalarining klinik manzarasi: sub`ektiv ma`lumotlar, umumiy ko’rik, paypaslash, tukillatish va eshitish ko’rsatkichlari.

  6. Юrak aritmiyalarining EKG diagnostikasi.

  7. Юrak aritmiyalarining qiyosiy tashxisi.

  8. Юrak aritmiyalarining davolashning asosiy printsiplari.

  9. Юrak aritmiyalarining kechishi, prognozi.

Talaba bilishi lozim:

  • юrak aritmiyalarini etiologiyasi

  • юrak aritmiyalarini patogenezi

  • юrak aritmiyalarini tasnifi

  • юrak aritmiyalarini EKG diagnostikasi

  • davolashning asosiy printsiplari

Talaba bajara olishi lozim:

  • Bemorni so’rab-surishtirish, umumiy ko’rikdan o’tkazish, paypaslash, tukillatish va eshitish

  • Bemorlarni tekshirish rejasini tuzish

  • Laborator ko’rsatkichlarni taxlil va talqin qilish,

  • EKG xulosalarini taxlil va talqin qilish

  • Klinik tashxisni qadamma-qadam asoslash

- Retsept yozish (antiaritmik vositalar)



4. Motivatsiya

Xozirgi vaktda юrak aritmiyalarini o’rganish juda katta axamiyatga ega, chunki ular nafas tizimi kasalliklari orasida ko’p tarqalgan bo’lib, bemor ҳayoti uchun xavfli bo’lgan asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. SHuningdek ҳayot uchun muҳim bo’lgan ichki a`zolar zararlanishiga ҳam sababchi bo’ladi.

5. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik

Fanlararo bog’liqlik:

Dars davomida olingan bilimlar normal va patologik anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya, bioximiya, reanimatologiya yo’nalishlarida kerak bo’ladi.



Fan ichidagi bog’liqlik:

Dars davomida olingan bilimlar kardiologiya, pul`monologiya fanlarini o’rganilganda kerak bo’ladi.



  1. Mashg’ulot mazmuni

6.1 Nazariy qism

Aritmiyalar – bu юrak ritmining buzilishi bulib xisoblanadi. Bularga kuyidagilar sababchi buladi.

Aritmiyalar юrakning asosiy funktsiyalari, avtomatizm, kuzgaluvchanlik, utkazuvchanlik va kiskaruvchanlikning buzilishi natijasida kelib chikiladi.

Aritmiyalar kelib chikish sabablariga kura xar xil buladi. Ularning bir xillarini be`morlar uzlarida sezmasliklari mumkin, lekin ikkinchi xil aritmiyalar tufayli bemorlar xayotdan kuz юmushlari xam mumkin. SHuning uchun aritmiyalarni bilish biz uchun katta axamiyat kasb etadi.

Sabablari. Юrak ritmining buzilishiga olib keluvchi sabablar kuyidagilar bulib xisoblanadi.


  1. Юrakning organik kasalliklari (ЮIK, revmatizm, miokardit, kardiomiopatiya, юrak illatlari, gipertoniya kasalligi va boshkalar).

  2. Funktsional kasalliklar (vegetativ asab tizimi labilligi).

  3. Fizik va ximik ta`sirotlar (tananing xaddan tashkari kizib ketishi, al`kogol`, digitalis bilan zararlanish, simpatomimetiklar va siydik xaydovchi vositalar ta`sirida).

  4. Юrak ritmining idiopatik buzilishi.

Meyorida юrak kiskarishlari uchun impul`slar sinus tugunidan chikariladi. Sinus tuguni 1-tartibdagi ritm xaydovchisi bulib xisoblanadi. Sinus tugunidan meyorida 1 dakikada 60-90 impul`slar chikariladi. Sinus tugunidan chikkan impul`slar Baxman, Venkebax, Torrel tolalari orkali bulmachalarga va atrioventrikulyar (AV) tugunga uzatiladi. AV tugundan impul`slar Giss tutuami orkali Purkin`e tolalariga va miokard mushaklariga uzatiladi. AV birikma 2 tartibdagi ritm xaydovchisi bulib 1 dakikada 40-60 ta impul`slar ishlab chikaradi. Giss tutami pastki kismlari va Purkin`e tolalari esa 3 tartibdagi ritm xaydovchisi bulib xisoblanadi va 1 dakikada 20-40 tagacha impul`slar ishlab chikaradi.

Юrak kuzgalishlari meyorida sinus tugunidan chikkan impul`slar xisobiga юzaga keladi. CHunki sinus tuguni meyorida uzidan pastda joylashgan ritm xaydovchilarining avtomatizmini susaytirib turadi. Maboda sinus tugunida zararlanish paydo bulganda ritm xaydovchisi funktsiyasini pastda joylashgan II va III tartibdagi avtomatizm markazlari olishi mumkin.



Aritmiyalar tasnifi

I. Avtomatizm funktsiyasi buzilishi bilan boglik aritmiyalar

  1. Sinus taxikardiyasi

  2. Sinus bradikardiyasi

  3. Sinus aritmiyasi

  4. Sinus tuguni kuvvatsizligi

II. Kuzgaluvchanlik funktsiyasi buzilishi bilan boglik aritmiyalar

  1. Ekstrasistoliya

A). Bulmachalar ekstrasistoliyasi

B). AV birikma ekstrasistoliyasi

V). Korinchalar ekstrasistoliyasi


  1. Paroksizmal taxikardiya

A). Bulmachalar paroksizmal taxikardiyasi

B). AV birikma paroksizmal taxikardiyasi

V). Korinchalar paroksizmal taxikardiyasi

III. Kuzgaluvchanlik va utkazuvchanlik funktsiyasi buzilishi bilan boglik aritmiyalar


  1. Titrok aritmiyasi

A). Bulmachalar titrashi

B). Korinchalar titrashi



  1. Xilpillovchi aritmiya

A). Joylashgan joyiga kura

a). Bulmachalar xilpillashi

b). Korinchalar xilpillashi

B). Юrak kiskarishlari soniga kura

a). Bradisistolik

b). Normosistolik

v). Taxisistolik

IV. Utkazuvchanlik funktsiyasi buzilishi bilan boglik aritmiyalar


  1. Sinoatrial blokada

A). Notulik

B). Tulik



  1. Bulmachalar blokadasi

  2. Atrioventrikulyar blokada

A). AV blokada I daraja

B). AV blokada II daraja

V). AV blokada III daraja


  1. Giss tutami oyokchalari blokadasi


Avtomatizm funktsiyasi buzilishi bilan boglik aritmiyalar
Sinoaurikulyar tugunda impul`slar xosil bulishining buzilishi natijasida sinus taxikardiyasi, sinus bradikardiyasi, sinus aritmiyasi va sinus tugun nozikligi sindromi юzaga keladi.

Sinus taxikardiyasi. Sinus taxikardiyasibu sinus ritmi saklangan xolda юrak kiskarishlari sonining 90dan 180 tagacha kupayishidir.

Sinus taxikardiyasi fiziologik fa patologik buladi.

Fiziologik sinus taxikardiyasi ovkatlanishdan keyin, jismoniy zurikishda, tananing kizib ketishida, kofe, achchik choy ichgandan keyin, xayajonlanganda, atropin kabul kilganda paydo buladi.

Patologik sinus taxikardiyasi юrak etishmovchiligida, miokarditlarda, юrak illatlarida, tireotoksikozda, miokard infarktida, lixoradka xolatida, intoksikatsiyalarda paydo buladi.

Bemorlarning kupincha shikoyatlari bulmaydi, goxida юrak urib ketishlari bezovta kilishi mumkin.

Kuruvda bemorlarning юzi biroz kizargan, pul`slar soni 90-180 ta atrofida. Auskul`tatsiyada юrak tonlari biroz kuchaygan.

EKGda asosan 2 xil uzgarishlar kuzatiladi.


  1. Sinus ritmi saklanganligi, ya`ni R tishcha korinchalar kompleksining oldida keladi va musbat buladi

  2. R-R masofa kiskarib юrak urishlari soni 90-180 ta atrofida buladi.

Davolash. Fiziologik sinus taxikardiyasini davolashga extiyoj yuk. Goxida emotsianal zurikish paytida valerianka, kvatera miksturasi, korvalol tavsiya kilinadi. Patologi sinus taxikardiyasida sinus tuguni faolligini betta-adrenoblokatorlar, юrak glikozidlari, kaliy tuzlari, kal`tsiy antagonistlari susaytirib turadi.

Sinus bradikardiyasi. Sinus bradikardiyasi deb sinus ritmi saklangan xolda юrak kiskarishlari sonining 40-59 martagacha kamayishiga aytiladi.

Sinus bradikardiyasi xam sinus taxikardiyasi singari fiziologik va patologik bulishi mumkin.

Fiziologik sinus bradikardiyasi jismoniy mexnat va sport bilan shugullanuvchi odamlarda xamda uyku paytida kuzatilishi mumkin.

Patologik sinus bradikardiyasi adashgan nerv ta`sirlanishiga olib keluvchi kasalliklarda юzaga keladi. Bularga bosh miya bosimi oshishida, bosh miya shishida, bosh miyaga kon kuyilishida, bosh miya usmasi kiradi. Sinus tuguni zararlanishi bilan kechadigan kasalliklar, gripp, korin tifi, revmatizm, miokardit, miokard infarktida sinus bradikardiyasi kuzatilishi mumkin. Dori vositalardan 4-aminoxinolin xosilalari, β-adrenoblokatorlar, юrak glikozidlari, kaliy tuzlari, kal`tsiy antagonistlari sinus bradikardiyasiga olib keladi.

Sinus bradikardiyasida bemorlar deyarlik shikoyat kilmaydi. Юrak kiskarishlari soni 40 atrofida bulganda bosh aylanishlari, xushidan ketib kolishlar kuzatilishi mumkin.

EKG tekshirganda 2 xil uzgarish aniklanadi.



  1. Sinus ritmi saklanganligi, ya`ni R tishcha korinchalar kompleksining oldida keladi va musbat buladi.

  2. R-R masofa uzaygan, юrak urishlari soni 40 -59 ta atrofida buladi.

Davolash patologik sinus bradikardiyasida olib boriladi. Eufillin, platifillin, atropinlarni tavsiya kilish bilan birga sinus bradikardiyasiga olib kelgan sabab bartaraf kilinishi lozim.

Sinus aritmiyasi. Sinus aritmiyasi deb sinus ritmi saklangan xolda davriy ravishda юrak kiskarishlari sonining tezlashib yoki sekinlashib turishiga aytiladi.

Sinus aritmiyasi xam fiziologik va patologik bulishi mumkin.

Fiziologik sinus aritmiyasi yosh bolalarda, usmirlarda nafas olish bilan boglik bulishi mumkin va ularni nafas aritmiyasi deyiladi.

Patologik sinus aritmiyasi lixoradka xolatida, upka emfizemasida, bosh miya bosimi oshishida, tireotoksikozda, revmatizmda, miokard infarktida, юrak illatlarida kuzatilishi mumkin.

Sinus aritmiyasida elektrokardiografik 2 xil uzagrish kuzatiladi.


  1. Sinus ritmi saklanganligi, ya`ni R tishcha korinchalar kompleksining oldida keladi va musbat buladi.

  2. R – R interval davomiyligining bir-biridan 0,15 sekunddan kuprok farklanishi.

Sinus aritmiyasida bemorlar deyarlik shikoyat kilmaydi. SHuning uchun davolashga xam extiyoj bulmaydi.

Sinus tuguni kuvvatsizligi sindromi. Sinus tuguni kuvvatsizligi sindromida, sinus tuguni uzining asosiy funktsiyasi – ritm boshlovchisi vazifasini bajarolmay kolishi tufayli юzaga keladi. Sinus tuguni kuvvatsizligi sindromida sinus bpadikardiyasi, ektopik ritmlar paydo bulishi kuzatilishi mumkin.

Sinus tugun kuvvatsizligiga tugun soxasi ishemiyasi, kardioskleroz, miokardit, kardiomiopatiyalar olib kelishi mumkin.

Kupincha bemorlar shikoyat kilmasliklari mumkin. Lekin goxida sinus tugun kuvvatsizligi tufayli юrak ritmining ogir buzilishlari kuzatilishi mumkin. Bunday xollarda doimiy elektrokardiostimulyatsiya kilishga tugri keladi.

Atrioventrikulyar ritm. Atrioventrikulyar ritmda юrak ritmining boshkaruvchisi sinus tugunida emas, balki atrioventrikulyar birikma soxasida юzaga keladi.

Atrioventrikulyar ritm miokard infarktida, revmatizmda, xinidin ta`sirida юzaga kelishi mumkin.

Impul`slar AV birikmaning юkorigi, urta va pastki kismlaridan chikishiga karab oldin bulmachalarga yoki bulmachaldar va korinchalarga bir xil vaktda, yoki oldin korinchalarga etib borishi mumkin. SHuning uchun EKGda impul`slarning bulmachalarga retrograd yunalishda ketganligi uchun R tishcha manfiy bulib QRS kompleksi oldida, QRS kompleksiga kushilgang xolda yoki QRS kompleksidan keyin kelishi mumkin. Impul`slar soni minutiga 40-60 ta atrofida. Kuruvda buyin venalari pul`satsiyasi aniklanadi. CHunki bulmachalar va korinchalar bir xil paytda kiskarganligi tufayli kon bulmachadan teskariga govak venalarga okib chikadi va pul`satsiya beradi.

Davolash doimiy elektrokardiostimulyatsiya.


Kuzgaluvchanlik funktsiyasi buzilishi bilan boglik aritmiyalar
Ekstrasistoliya. Юrakning navbatdan tashkari kuzgalishi va kiskarishiga ekstrasistoliya deyiladi.

Etiologiyasi. Ekstrasistoliyaga sababchi bulib ЮIK, miokardit, revmatizm, kardiomiopatiya, dori vositalar (digitalis, xinidin, efedrin), asabiylik, elektrolitlar balansi buzilishi bulib xisoblanadi.

Klinikasi. Kupincha bemorlarda ekstrasistoliyalar simptomsiz utib ketishi va tasodifan EKG kilinganda aniklanishi mumkin. Goxida bemorlar юrak soxasida kuchli turtki paydo bulganligini sezishi mumkin. Kuplab ekstrasistoliya paytida bemorlarda bushashaish, bosh aylanishi, xushidan ketish xollari kuzatilishi mumkin. Pul`sni tekshirganda pul`s tuxtab urishi kuzatiladi. Auskul`tatsiyada navbatdan tashkari kiskarish, юrak chukkisida I ton karsillovchi, aortada va upka arteriyasida II ton susaygan buladi.

Ekstrasistoliyalar chikish joyiga karab:

A). Bulmachalar ekstrasistoliyasi

B). AV birikma ekstrasistoliyasi

V). Korinchalar ekstrasistoliyasiga ajratiladi.

Bulmachalar ekstrasistoliyasida ektopik uchok bulmachalardan birida joylashgan bulib undan chikkan impul`slar sinus tuguniga va AV tugunga karb yunalgan buladi. SHuning uchun ektopik uchokning bulmachalarning kaysi kismida joylashishiga karab R tishchaning EKG dagi shakli deformatsiyalangan, ikki urkachli bulishi mumkin. QRS kompleksi R tishchadan keyin kelib shakli uzgarmagan buladi. Bulmachalar ekstrasistoliyasidan keyin notuloik kompensator pauza kuzatiladi. Kompensator pauza deb ekstrasistolik kompleksdan keyingi P-QRST kompleksigacha bulgan masofaga aytiladi. Agarda ekstrasistolik kompleksdan oldingi va ekstrasistolik kompleksdan keyingi R – R masofa meyordagi ikkita R – R masofaga teng bulsa bunday kompensator pauza tulik kompensator pauza deyiladi. Agarda ekstrasistolik kompleksdan oldingi va

ekstrasistolik kompleksdan keyingi R – R masofa meyordagi ikkita R – R masofadan kiska bulsa bunday kompensator pauza notulik kompensator pauza deyiladi.

Bulmachalar ekstrasistoliyasining 4 ta EKG belgisi kuzatiladi.


  1. Navbatdan tashkari kiskarish bulib R tishchaning va uning ketidan QRS kompleksining kelishi.

  2. Ekstrasistolik R tishchaning polyarligi uzagrishi va uning deformatsiyasi.

  3. Ekstrasistolik QRS kompleksining sinus ritmidagi QRS kompleksi bilan uxshashligi.

  4. Bulmachalar ekstrasistoliyasidan keyin notulik kompensator pauza borligi.

Atrioventrikulyar birikma ekstrasistoliyasi. Atrioventrikulyar birikma ekstrasistoliyasida ektopik uchok atrioventrikulyar birikmadan chikadi va impul`slar bir vaktning uzida xam bulmachalarga, xam korinchalarga yunalgan buladi.

Agarda ektopik uchok AV birikmaning юkorigi kismlarida joylashgan bulsa impul`slar retrograd yunalib oldin bulmachalarga etib boradi, keyin esa korinchalarga etib boradi. SHuning uchun EKGda R-Q interval kiskargan, QRS kompleksi oldida manfiy R tishcha joylashgan buladi. Korinchalarga impul`slar uz yunalishida borganligi uchun QRS kompleksining shakli sinus ritmidagidan uzgarmagan buladi.

Agarda ektopik uchok AV birikmaning urta kismlarida joylashgan bulsa impul`slar bulmacha va korinchalarga bir paytda etib boradi. EKGda R tishcha QRS kompleksi bilan kushilib kelganligi uchun R tishcha aniklanmaydi. Korinchalarga impul`slar uz yunalishida borganligi uchun QRS kompleksining shakli sinus ritmidagidan uzgarmagan buladi.

Agarda ektopik uchok AV birikmaning pastki kismlarida joylashgan bulsa impul`slar oldin korinchalarga, keyin esa retrograd yunalib bulmachalarga etib boradi. SHuning uchun EKGda QRS kompleksidan keyin manfiy R tishcha joylashgan buladi. Korinchalarga impul`slar uz yunalishida borganligi uchun QRS kompleksining shakli sinus ritmidagidan uzgarmagan buladi.

Atrioventrikulyar birikma ekstrasistoliyasidagi EKG belgilar.


  1. Sinus ritmidagidan shakli uzgarmasdan va vaktidan oldin paydo bulgan QRS kompleksining kelishi.

  2. R tishcha manfiy bulib QRS kompleksidan oldin yoki keyin kelishi, yoki R tishcha QRS kompleksi bilan kushilib kelishi tufayli EKGda aniklanmasligi.

  3. Notulik kompensator pauza.

Korinchalar ekstrasistoliyasi. Korinchalar ekstrasistoliyasida ektopik uchok korinchalardan birining devorlarida joylashgan buladi. Ektopik uchok kaysi korinchada joylashgan bulsa oldin shu korincha kuzgaladi, keyin biroz kechikib ikkinchi korincha kuzgaladi. SHuning uchun korinchalar ekstrasistoliyasida QRS kompleks deformatsiyalangan va uning davomiyligi 0,12 sekunddan kup bulishi mumkin. AV tugun uzidan impul`slarni юkoriga, ya`ni bulmachalarga utkazmaganligi tufayli ektopik uchokdan chikkan impul`slar bulmachalarga etib bormaydi. Bulmachalar sinus tugunidan chikkan impul`s xisobiga kuzgaladi, lekin R tishcha deformatsiyalangan korinchalar kompleksi bilan kushilib kelganligi uchun EKGda R tishcha aniklanmaydi. Segment S – T va T tishcha ekstrasistolik kompleksning asosiy tishchasiga teskari (diskordant) yunalgan buladi. YA`ni ekstrasistolik kompleksning asosiy tishchasi R tishcha xisobiga xosil bulgan bulsa S – T segment izoliniyadan pastda va T tishcha manfiy buladi. Agarda ekstrasistolik kompleksning asosiy tishchasi S tishcha xisobiga xosil bulgan bulsa S – T segment izoliniyadan юkorida va T tishcha musbat buladi. Korinchalar ekstrasistoliyasida kompensator pauza tulik buladi.

Korinchalar ekstrasistoliyasida 5 xil EKG uzgarish kuzatiladi.



  1. Navbatdan tashkari shakli uzgargan QRS kompleksining paydo bulishi.

  2. QRS kompleksning deformatsiyalanganligi va davomiyligining 0,12 sekunddan uzayganligi.

  3. Segment S – T va T tishcha ekstrasistolik kompleksning asosiy tishchasiga teskari (diskordant) yunalgan bulishi.

  4. Korinchalar ekstrasistoliyasi oldida R tishchaning bulmasligi.

  5. Korinchalar ekstrasistoliyasidan keyin tulik kompensator pauza bulishi.

Ekstrasistoliyalar ritmik kaytarilishiga kura bigimeniya, trigimeniya, kvadrigimeniya shaklida buladi.

Bigimeniya – bu sinus ritm bilan ekstrasistoliyaning davriy almashib kelishiga aytiladi.

Trigimeniya – bu ikkita ketma-ket keluvchi sinus ritmiga bitta ekstrasistoliya tugri kelishi yoki ikkita ketma-ket keluvchi ekstrasistoliyaga bitta sinus ritmi tugri kelishiga aytiladi.

Kvadrigimeniya – bu bitta sinus ritmiga uchta ketma-ket keluvchi ekstarsistoliya, yoki uchta ketma-ket keluvchi sinus ritmiga bitta ekstrasistoliya tugri kelishiga aytiladi.

Ekstrasistoliyalar chikish joyiga kura politop yoki monotop bulishi mumkin.

Politop ekstrasistoliyalarda ektopik uchok ikki yoki undan kup joyda joylashgan buladi.

Monotop ekstrasistoliyalarda ektopik uchok bitta joyda joylashgan buladi.

Paroksizmal taxikardiyalar. Paroksizmal taxikardiyalar deb tusatdan bir dakikada юrak kiskarishlarining 140-250 marotabagacha kupayib tusatdan tuxtash xurujiga aytiladi.

Paroksizmal taxikardiyalarning asosiy xossalaridan biri butun xuruj davomida maromiylik saklanib turadi. Xuruj tusatdan boshlanib tusatdan tugaydi. Paroksizmal taxikardiya shunisi bilan sinus taxikardiyasidan fark kilib turadi.

Paroksizmal taxikardiyalar xam ekstrasistoliyalar singari impul`slarning chikish joyiga kura kuyidagi turlarga ajratiladi.


  1. Bulmachalar paroksizmal taxikardiyasi

  2. AV birikma paroksizmal taxikardiyasi

  3. Korinchalar paroksizmal taxikardiyasi

Bulmachalar paroksizmal taxikardiyasida impul`slar manbasi bulmachalardan birida joylashgan buladi. Bulmachalar paroksizmal taxikardiyasining asosiy elektrokardiografik belgilari kuyidagilar.

  1. Tugri ritm saklangan xolda юrak kiskarishlarining tusatdan minutiga 140-250 marotabagacha kupayishi va xurujning tusatdan tuxtashi.

  2. Korinchalar kompleksidan oldin pasaygan, deformatsiyalangan, ikki fazali yoki manfiy R tishchaning borligi.

  3. QRS kompleksining shaklining paroksizmal taxikardiya xurujidan oldingi QRS kompleksi shakliga uxshashligi.

  4. Paroksizmal taxikardiya xuruji tuxtaganda notulik kompensator pauza aniklanadi.

Atrioventrikulyar birikma paroksizmal taxikardiyasi. Atrioventrikulyar birikma paroksizmal taxikardiyasida ektopik uchok atrioventrikulyar birikmadan chikadi va impul`slar bir vaktning uzida xam bulmachalarga, xam korinchalarga yunalgan buladi.

Agarda ektopik uchok AV birikmaning юkorigi kismlarida joylashgan bulsa impul`slar retrograd yunalib oldin bulmachalarga etib boradi, keyin esa korinchalarga etib boradi. SHuning uchun EKGda R-Q interval kiskargan, QRS kompleksi oldida manfiy R tishcha joylashgan buladi. Korinchalarga impul`slar uz yunalishida borganligi uchun QRS kompleksining shakli sinus ritmidagidan uzgarmagan buladi.

Agarda ektopik uchok AV birikmaning urta kismlarida joylashgan bulsa impul`slar bulmacha va korinchalarga bir paytda etib boradi. EKGda R tishcha QRS kompleksi bilan kushilib kelganligi uchun R tishcha aniklanmaydi. Korinchalarga impul`slar uz yunalishida borganligi uchun QRS kompleksining shakli sinus ritmidagidan uzgarmagan buladi.

Agarda ektopik uchok AV birikmaning pastki kismlarida joylashgan bulsa impul`slar oldin korinchalarga, keyin esa retrograd yunalib bulmachalarga etib boradi. SHuning uchun EKGda QRS kompleksidan keyin manfiy R tishcha joylashgan buladi. Korinchalarga impul`slar uz yunalishida borganligi uchun QRS kompleksining shakli sinus ritmidagidan uzgarmagan buladi.

Atrioventrikulyar birikma paroksizmal taxikardiyasidagi EKG belgilar.


  1. Tugri ritm saklangan xolda юrak kiskarishlarining tusatdan minutiga 140-250 marotabagacha kupayishi va xurujning tusatdan tuxtashi.

  2. R tishcha manfiy bulib QRS kompleksidan oldin yoki keyin kelishi, yoki R tishcha QRS kompleksi bilan kushilib kelishi tufayli EKGda aniklanmasligi.

  3. QRS kompleksining shaklining paroksizmal taxikardiya xurujidan oldingi QRS kompleksi shakliga uxshashligi.

  4. Paroksizmal taxikardiya xuruji tuxtaganda notulik kompensator pauza aniklanadi.

Korinchalar paroksizmal taxikardiyasi. Korinchalar paroksizmal taxikardiyaisda ektopik uchok korinchalardan birining devorlarida joylashgan buladi. Ektopik uchok kaysi korinchada joylashgan bulsa oldin shu korincha kuzgaladi, keyin biroz kechikib ikkinchi korincha kuzgaladi. SHuning uchun korinchalar paroksizmal taxikardiyasida QRS kompleks deformatsiyalangan va uning davomiyligi 0,12 sekunddan kup bulishi mumkin. AV tugun uzidan impul`slarni юkoriga, ya`ni bulmachalarga utkazmaganligi tufayli ektopik uchokdan chikkan impul`slar bulmachalarga etib bormaydi, ya`ni bulmachalar sinus tugunidan chikkan impul`s xisobiga kuzgaladi, lekin R tishcha deformatsiyalangan korinchalar kompleksi bilan kushilib kelganligi uchun EKGda R tishchani aniklash kiyin buladi, korinchalar esa ektopik uchokdan chikayotgan impul`slar xisobiga kuzgaladi (atrioventrikulyar dissotsiatsiya). Segment S – T va T tishcha korinchalar kompleksning asosiy tishchasiga teskari (diskordant) yunalgan buladi. YA`ni korinchalar kompleksning asosiy tishchasi R tishcha xisobiga xosil bulgan bulsa S – T segment izoliniyadan pastda va T tishcha manfiy buladi. Agarda korinchalar kompleksning asosiy tishchasi S tishcha xisobiga xosil bulgan bulsa S – T segment izoliniyadan юkorida va T tishcha musbat buladi. Korinchalar paroksizmal taxikardiyasi xuruji tulik kompensator pauza bilan tugaydi.

Korinchalar paroksizmal taxikardiyasi EKG belgilari.



  1. Tugri ritm saklangan xolda юrak kiskarishlarining tusatdan minutiga 140-220 marotabagacha kupayishi va xurujning tusatdan tuxtashi.

  2. QRS kompleksning deformatsiyalanganligi va davomiyligi 0.12 sekunddan uzayganligi.

  3. Segment S – T va T tishcha korinchalar kompleksning asosiy tishchasiga teskari (diskordant) yunalgan bulishi.

  4. Atrioventrikulyar dissotsiatsiya, ya`ni korinchalar va bulmachalar kiskarishlarining bir-biriga bogliksizligi.

  5. Korinchalar paroksizmal taxikardiyasi xurujidan keyin tulik kompensator pauza bulishi.


Kuzgaluvchanlik va utkazuvchanlik funktsiyasi buzilishi bilan boglik aritmiyalar

Bulmachalar titrashi. Bulmachalar titrashi deb bulmachalarning bir dakikada 200-400 marotabagacha kiskarishiga aytiladi. Bulmachalar paroksizmal taxikardiyasidan farkli ravishda bulmachalarda paydo bulgan impul`slarning ma`lum kismigina korinchalarga utkaziladi. SHuning uchun EKGda korinchalar kompleksining oldida 2 yoki undan ortik bulmachalar kompleksi (F tulkinlari) aniklanadi. QRS kompleksining shakli meyordagidan uzgarmagan buladi, chunki impul`slar uz yunalishi buyicha bulmachalardan korinchalarga utkaziladi.

Bulmachalar titrashining EKG belgilari.



  1. EKGda minutiga 200-400 gacha arrasimon kurinishga ega bulgan bir-biriga uxshagan F tulkinlarning paydo bulishi.

  2. Korinchalar kompleksi uzgarmagan, xar bir korincha kompleksiga F tulkinlar 2:1, 3:1, 4:1 va xakoza nisbatlarda bulishi mumkin.

Bulmachalar xilpillashi. Bulmachalar xilpillashi deb bulmachalardagi aloxida mushak guruxlarining minutiga 350-700 marotabagacha kuzgalishi va kiskarishiga aytiladi. Bulmachalar xilpillashida bulmachalarning bir butun kuzgalishi va kiskarishi urniga aloxida gurux mushaklarining xaotik kuzgalishi va kiskarishi kuzatiladi. Bulmachalar xilpillashida AV tugun bulmachalardan kelayotgan impul`slarning barchasini utkazish kobiliyatiga ega emas, chunki impul`slarning kupchiligi AV tugunning refrakter xolatiga tugri kelib koladi. Bulmachalar xilpillashida korinchalar kiskarishlari soni minutiga 150-200 marotabagacha kuzatiladi va R-R lar orasi xar xil buladi. Bulmachalarning bir butun kiskarishi kuzatilmaganligi tufayli R tishchasi urniga EKGda kuplab aritmik f tulkinlar kuzatiladi. EKGda f tulkinlar amplitudasining katta-kichikligiga kura yirik va mayda tulkinli bulmachalar xilpillashi kuzatiladi. Yirik tulkinli bulmachalar xilpillashida f tulkinlarining

amplitudasi 0,5 mm dan katta, mayda tulkinli bulmachalar xilpillashida f tulkinlarning amplitudasi 0,5 mm dan kichik buladi. Korinchalar kiskarishlari soniga kura taxisistolik (korinchalar kiskarishlari soni minutiga 90 tadan kup), normosistolik (korinchalar kiskarishlari soni minutiga 60-90 ta), bradisistolik (korinchalar kiskarishlari soni minutiga 60 tadan kam).

Bulmachalar xilpillashining EKG belgilari.


  1. EKGda R tishcha bulmasligi.

  2. R tishcha urniga aritmik f tulkinlarning aniklanishi.

  3. R-R lar orasidagi masofa xar xilligi.

  4. QRS kompleks shaklining uzgarmaganligi.

Korinchalar titrashi. Korinchalar titrashi deb korinchalardagi aylanma impulslar (re-entry) xisobiga ularning minutiga 200-300 marotabagacha ritmik kiskarishiga aytiladi. Korinchalar titrashida kuzgalishlar tulkini korinchalar mushaklari buylab ma`lum bir yuldan ritmik aylanib turadi.

Mashg’ulotda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

Interaktiv ukitish usuli «Ari uyasi»

Ari uyasi usulida guruxni ikki guruxchaga bulinadi. xar bir guxchaga topshirik beriladi.

Masalan:


  1. Sinus taxikardiyasida EKG belgilar.

  2. Sinus bradikardiyasida EKG belgilar.

  3. Sinus aritmiyasida EKG belgilar.

  4. Bulmachalar ekstrasistoliyasida EKG belgilar.

  5. Korinchalar ekstrasistoliyasida EKG belgilar.

  6. Xilpillovchi aritmiyada EKG belgilar.


6.2. Taxliliy qismi

Vaziyatli masala

1. Bemor 42 yoshda, tusatdan юrak urib ketish xurujlariga shikoyat kiladi. Ob`ektiv: xolati urta ogirlikda, terisi rangpar. Юrak tonlari bugiklashgan. ЮUS 1 min. 160 ta. AKB 80/60 mm sim. ust. ga teng. EKG da: R-R intervali kiskargan, R -tishcha 2 fazali, uzgarmagan QRS kompleksidan oldin keladi. Kanday ritm buzilishi xakida uylash mumkin?

A) Paroksizmal korinchalar taxikardiyasi

B) Ektopik uchok bulmachalar юkori kismida joylashgan paroksizmal supraventrikulyar taxikardiya

V) Ektopik uchok bulmachalar urta kismida joylashgan paroksizmal supraventrikulyar taxikardiya*

G) Ektopik uchok bulmachalar kuyi kismida joylashgan paroksizmal supraventrikulyar taxikardiya

2. Bemor 40 yoshda, klinikaga tusatdan boshlangan юrak urib ketishiga shikoyat kilib keldi. Ob`ektiv: puls`ni sanashning ilojisi yuk. Bunday xurujlar 2 yildan beri bezovta kiladi. Xuruj vaktida EKG da R-R masofa 0,29 sek. ga teng. Bemor aritmiyaning kanday turi bilan ogriydi?

A) Xilpillovchi aritmiya

B) Paroksizmal taxikardiya*

V) Sinus aritmiyasi

G) Ekstrasistoliya

D) Sinusli taxikardiya

3. Bemor 36 yoshda, юrak soxasidagi ogriklarga shikoyat kiladi. Anamnezda: revmatik miokardit aniklangan. Tekshiruvda: pul`s 82 ta zarba 1 min. da, aritmik. EKG da: P tishchasiz navbatdan tashkari kiskarishlarning paydo bulishi, korinchalar kompleksining deformatsiyasi, T-R intervalining uzayishi kuzatiladi. EKG dagi uzgarishlarni tushuntiring.

A) Bulmachalar xilpillashi

B) Korinchalar ekstrasistoliyasi*

V) Paroksizmal taxikardiya

G) Bulmachalar titrashi

D) Korinchalar xilpillashi va titrashi

4. 67 yoshli bemorda sariklikning mexanik turi aniklanadi. Pul`s 1 minutda 48 ta zarba. Bunday pul`s kanday nomlanadi?

A) Sinusli bradikardiya*

B) Sinusli taxikardiya

V) Sinusli aritmiya

G) Bradikardiya

D) Taxikardiya

5. Bemor 38 yoshda, yoshligidan revmatik isitma bilan ogriydi. 14 yoshida юrak illati borligi aniklangan. Kup yillar davomida uzini konikarli sezib kelgan. Baxorda angina utkazgandan sung xansirash, юrak urib ketishi, юrak soxasida ogrik, kon tupurish bezovta kila boshlagan. Ob`ektiv: teri va shillik kavatlari tsianotik. Юrak chegaralari ungga va юkoriga kengaygan, upkalarida nam xirillashlar eshitiladi. Pul`s 1 minutda 126 ta zarba, aritmik. AKB 100/75 mm sim. ust. ga teng. Юrak illati kanday aritmiya bilan kechmokda?

A) Sinusli aritmiya

B) Paroksizmal taxikardiya

V) Ekstrasistoliya

G) Xilpillovchi aritmiya*

D) Sinusli taxikardiya

6. 42 yoshli юrak mitral illati bilan kasallangan bemorda utkazilgan anginadan sung tez-tez bulmachalar ekstrasistoliyasi paydo bulgan. Bu ritm buzilishi nima bilan xafli?

A) kon aylanish etishmovchiligini paydo bulishi

B) xilpillovchi aritmiya*

V) koronar etishmovchiligini rivojlanishi

G) xammasi

D) birontasi emas

EKG da kanday uzgarishlarni kurish mumkin?

A) R-tishcha yuk, R-R masofa xar-xil, V1 ulanmada f-tulkinlar*

B) navbatdan tashkari deformatsiyalangan korincha kompleksi paydo bulishi

V) R-tishcha QRS kompleksidan oldin, R-R masofa xar-xil

G) R-Q interval 0,20 sek. dan kup, korinchalar kompleksining davriy tushib kolishi

7. Bemor vrachga юrak notugri urishiga, ulimdan kurkuv xissiga shikoyat kilib keldi. Tekshiruvda bemorda pul`sus bigeminus aniklandi. Bu bemorda юrak ritmi buzilishining kaysi turini taxmin kilish mumkin?

A) Idioventrikulyar ritm

B) Ekstrasistoliya*

V) Giss tutami oyokchasi blokadasi

G) Taxikardiya

D) Xilpillovchi aritmiya
6.3. Amaliy qismi


Xarakat tartibi

Faoliyat algoritmi

Mo’ljallangan bellgiar

Operatsiyalar ketma-ketligi


Xarakat vositalari


1.

Pasport ma`lumotlarini aniqlash

So’rab surishtirish

YOshi, millati, kasbi, yashash manzili

2.

Kasallikka xos shikoyatlarni aniqlash

So’rab surishtirish

Юrak urib ketishi, юrak tuxtab kolishi xissi, юrak soxasidagi ogriklar bilan kuzatiladi.

3.

Kasallik anamnezini yig’ish

So’rab surishtirish

Kasallik seki nasta boshlanadi. Юrak kon-tomir tizimida organik kasalligi bor bemorlarda kuzatiladi.

4.

Xayot anamnezini yig’ish

So’rab surishtirish

Stesslar bilan boglik bulgan mexnat faoliyati. Nasliy moyillik. Tuzli va yogli ovkatlarni kup ist`emol kilish. Kam xarakatchan xayot tarzi. Zararli odatlari.

5.

Umumiy xolatini baxolash

Ko’zdan kechirish

Umumiy axvoli konikarli yoki ogir bulishi mumkin. Teri koplamalari kasallikka boglik. Kon aylanish etinmovchiligi rivojlanganda shishlar paydo buladi.

6.

Ob`ektiv ko’rik

Manual va fizik ko’nikmalar

Pal`patsiya va perkussiya: kasallika boglik ravishda юrak chegaralari юkoriga, chapga, ungga siljishi mumkin.

Auskul`tatsiya: юrak tonlari bugiklashgan,

pul`s – aritmik. AKB – юkori bulishi mumkin.


7.

Tekshirish dasturini tuzish

Klinik fikrlash

EKG:


8.

Tashxis qo’yish

Klinik fikrlash

Qabul qilingan tasnif asosida klinik tashxis qo’yish .

9.

Qiyosiy tashxis o’tkazish

Klinik fikrlash

Aritmiyalarni xama turlari bilan.

10.

Davolash tamoillarini aniqlash

Klinik fikrlash

Antiaritmik vositalar





7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari


Yüklə 258,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin