419 xavfining darajasini kamaytirish maqsadida tarmoq maʻmurlari odatda parollarni
tayinlash va ishlatish siyosatini hosil qilish uchun joylashtirilgan dasturiy
vositalarni qo‗llaydilar va shu jumladan parollarni maksimal va minimal ishlatish
vaqtlarini, ishlatilib bo‗lingan parollar ro‗yxatini saqlash, bir necha muvofaqiyatsiz
mantiqiy kirishdan so‗ng tizimni tutishini boshqarish va hokazolar.Tarmoqdan
parolni qonundan tashqari olishni ularni uzatishdan oldin shifrlash orqali
ogohlantirish mumkin. Shunga qaramay parol tarmoq xavfsizligining eng nozik
zvenosi bo‗lib qoladi, chunki parolni bilgach har doim o‗zini boshqa o‗rnida
tavsiya etish mumkin.
Foydalanuvchining ochiq ekanligini (qonuniy ekanini) turli tizimlarga
nisbatan aniqlash mumkin. Tarmoqda ishlaydigan foydalanuvchi autentifikatsiya
jaroyonidan o‗tishi mumkin va alohida foydalanuvchi sifatida faqat shu kompyuter
resurslariga talabgor o‗rnida hamda tarmoqdan foydalanuvchi sifatida, tarmoqning
barcha resurslariga ega bo‗lishni xohlovchi o‗rnida tekshiruvdan o‗tadi. Alohida
autentifikatsiyada foydalanuvchi o‗zining identifikatori va parolini kritadi, ularga
ushbu kompyuterga o‗rnatilgan operatsion tizim alohida ishlov beradi. Tarmoqqa
mantiqiy kirilganda foydalanuvchi haqidagi ma‘lumotlar (identifikatori va paroli)
serverga uzatiladi, u tarmoqning barcha foydalanuvchilarini hisobga olingan
yozuvlarini saqlaydi. Ko‗p ilovalar o‗zining foydalanuvchini ochiqligini aniqlovchi
vositalariga ega bo‗ladilar va shunda foydalanuvchi qo‗shimcha tekshiruv
bosqichidan o‗tishiga to‗g‗ri keladi.
Autentifikatsiyani talab etuvchi obyekt sifatida nafaqat foydalanuvchi
bo‗lishi mumkun,turli qurilmalar, ilovalar, ma‘tnli va boshqa axborot ham bo‗lishi
mumkin. Masalan, korporativ serverga so‗rov bilan murojot etayotgan
foydalanuvchi o‗zini ochiq ekanligini isbotlashi kerak va yana shuningdek u
haqiqatdan o‗z korxonasining serveri bilan muloqot olib borayotganligi haqida
ishonch hosil qilishi ham kerak. Boshqacha so‗z bilan aytganda, server va mijoz
bir-birini audentifikatsiya jaroyonidan o‗tishlari kerak. Bu yerda biz ilova