417
Hozirgi vaqtda xavfsizlik tizimida eng ko‗p
tarqalgan kesh-funksiya
seriyasidir: MD2, MD4, MD5. Ularning barchasi qayd qilingan 16 bayt
uzunlikdagi daydjest hosil qiladi.
6.2.4. Himoyalangan kanal texnologiyasi
Yuqorida aytilganidek axborotlarning himoyasini ikki masalaga ajratish
mumkin: axborotlarni kompyuter ichida himoya
qilish va axborotlarni bir
kompyuterdan boshqasiga uzatish jarayonida himoyalash. Axborotlarni ommaviy
tarmoqdan uzatish jarayonida himoyalashni taminlash
uchun turli himoyalangan
kanallar texnologiyasidan foydalaniladi.
Himoyalangan kanal texnologiyasi
ochiq transport tarmoqlarida axborotlarni
himoyalash uchun mo‗ljallangan, masalan Internetda. Himoyalangan kanal asosan
uchta vazifani bajaradi deb bilinadi:
ulanishlar o‗rnatilgach abonentlar bir-birini tanishi (audentifikatsiya),
masalan buni parollarni almashish orqali amalga
oshirish mumkin;
kanaldan uzatilayotgan xabarlarni ruxsat etilmagan ega bo‗lishdan
himoyalash, shifrlash orqali;
kanaldan kelayotgan xabarning butunligini tasdiqlash, masalan, xabar bilan
birga uning nazorat bitlar yig‗indisini uzatish yo‗li orqali.
Korxona tomonidan ommaviy tarmoq orqali tarqalgan o‗z bo‗limlarini
birlashtirish uchun hosil qilingan himoyalangan kanallar to‗plamini ko‗pincha
Dostları ilə paylaş: