67 Pipelined ishlatiladi. Bu uzun konveyerni samarali qilishga imkon beradi. Ma‘nosi
shundaki, uzun konveyerda ko‗p shartli o‗tishli masalalar bo‗lganda uning
samarasi kamayadi. Ikki parallel konveyerlar samaradorlikni pasayishini
kamaytiradi. Endi quyidagi holat aniq, har bir vaqt momentida bitta ko‗rsatma
yuklanadi, boshqasi dekoderlanadi, uchinchisi uchun (yoki bir nechasiga)
axborotlar paketi hosil qilinadi, to‗rtinchi ko‗rsatma (yoki bir nechasiga) bajariladi,
beshinchisi uchun natija yoziladi. Va agarda ko‗rsatmalarni qatʻiy ketma-ketlikda
bajarilsa, hatto eng qisqa operatsiyalar ham 5 ta taktda bajariladi, bunday oqimli
ishlov berishda ko‗pchilik ko‗rsatmalar bir taktda bajarilishi mumkin.
Hisoblashlarni tezlatishning yangi texnologiyasi (Rapid Execution Engine)
ikki tezkor protsessor chastotasini ikki hissa oshirilgan chastotada ishlovchi AMQ
va 0,5 taktda qisqa arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni bajaruvchi AMQ va
yana uchinchi uzun operatsiyalarni amalga oshiruvchi, sekin ishlovchi AMQ larni
(ko‗paytirish, bo‗lish va boshqa) ishlatadi.
Protsessor kristalining 217 mm
2
ga teng yuzasida 42 million tranzistor
joylashtirilgan, 1500 MGs chastotada 52 Vt energiya iste‘mol qiladi. Pentium 4
asosida yuqori unumli MMX-tizimini yaratish mumkin, lekin buning uchun
quyidagilar bo‗lishi kerak:
shu protsessorni qo‗shimcha buyruqlarini ishlatishga yo‗naltirilgan dasturiy
ta‘minot;
ushbu mikroprotsessorlarni quvvatlovchi tegishli chipsetli tizimli plata.
Ba‘zi Pentium 4 mikroprotsessorlar tomonidan quvvatlanuvchi Hyper
Treading texnologiyasini alohida aytib o‗tish kerak.
Hyper Treading texnologiyasi (tread–potok, oqim), dasturlarni ko‗p oqimli
bajarilishini joriy etadi: bitta jismoniy protsessorda bir vaqtning o‗zida ikkita
topshiriqni yoki bitta dasturning ikkita buyruq oqimini bajarish mumkin
(operatsion tizim bitta protsessor o‗rniga ikkita virtual protsessorni ―ko‗radi‖).
Boshqacha qilib aytganda, bu texnologiya bitta protsessor asosida ikkita virtual