83 Raqamli uy uchun Intel ViiV majmuasi ham ishlatiladi–stol usti shaxsiy
kompyuteri, uy-ro‗zg‗or raqamli texnikasining ishlatilishi oddiyligini ta‘minlab
beradi. Intel ViiV texnologiyasining sharofati bilan foydalanuvchilar zamonaviy
musiqaviy va o‗yin servislariga qulay ega bo‗lishga erishadilar, Internetdan filmlar
va boshqa narsalarni yuklay oladilar. Intel ViiV texnologiyasi asosidagi
kompyuterlar ko‗p yangi imkoniyatlarni oladilar:
o‗z xohishiga binoan o‗yinlarni tanlash;
fotografiya, musiqa, video va boshqa multimediali axborotlarni turli
qurilmalar yordamida o‗z uyining xohlagan xonasidan turib ishlov berishi va
saqlashi mumkin;
uy tarmog‗ini tashkillashtirish imkoniyati va unga qator raqamli
qurilmalarni ulash;
shaxsiy kompyuterni masofaviy boshqarish qurilmasi orqali boshqarish
imkoniyati;
TV-tyuner sharofati bilan videomagnitofonni joriy etish mumkin.
Intel ViiV texnologiyali ShK 2,8 GGs takt chastotali Intel Xeop MP 800
MGS takt chastotali tizimli shinaga ega va L2 kesh-xotirasi 2 blok bo‗lib, har biri 2
Mbayt sig‗imlidir. ShK Intel E8520 chastota bilan ishlaydi. Har bir yadroning o‗z
kesh-xotirasi mavjudligi axborotlarga ancha tez ega bo‗lishni ta‘minlaydi. MP
larda boshqa texnologiyalar qatorida IEM64T, HT va DBS texnologiyalari ham
joriy etilgan. Bu texnologiyalar joriy etilgan protsessorlardagi tizimlar veb-
serverlar va elektron pochta serverlari ham bo‗lib ishlashi mumkin.
RISC mikroprotsessorlar turi. RISC mikroprotsessorlar turi faqat oddiy
buyruqlar to‗plamidan iborat. Ancha murakkab bo‗lgan buyruqlarni bajarish zarur
bo‗lgan hollarda mikroprotsessorda oddiy buyruqlardan avtomatik ravishda
murakkab buyruqlarni yig‗ish amalga oshiriladi. Bu mikroprotsessorlarda barcha
oddiy buyruqlar bir xil o‗lchamga ega va ulardan har birini bajarish uchun bitta
mashina takti sarf etiladi (CISC tizimidagi eng qisqa buyruqni bajarish uchun esa 4