82 kiradi. Bu platforma korporativ foydalanuvchilar uchun juda foydali bo‗lishi
mumkin.
Intel firmasi ketma-ket CSI shinasini havola qildi. Birinchi marta CSI
(Computer Serial Interface) shinasi ko‗p yadroli Itanium MP protsessor versiyasida
tatbiq etilgan, Tukwila kodlashtirilgan nom bilan tanilgan va keyinchalik Xeon MP
ko‗p yadroli protsessor oilasida tatbiq etilgan Whitefield kodlashtirilgan nom bilan
tanilgan. CSI tizim xotirasiga va boshqa protsessorlarga murojaatlarni
minimallashtirishni optimallashtirish uchun protsessorning kesh chastotasida
ishlaydi, yuqori unumdorli serverlarni qurishda 16 gacha kompyuterni quvvatlaydi.
64-razryadli Xeon protsessori IEM 64 (Intel Extended Memory 64–xotirani
64-bitli manzillash texnologiyasi) quvvatlashida ko‗p protsessorli tizimlar uchun
mo‗ljallangan.
Tizimli mikrosxemalar to‗plami (chipset) YE8500, u *T platform tarkibiga
kiruvchi va Truland kodlashtirilgan nomga ega, ko‗p yadroli protsessorlarni
quvvatlashini, Intel virtuallashtirish texnologiyasi va La Grand (La Grand–
axborotlar xavfsizligini va sir saqlashni ta‘minlash texnologiyasi; bu himoya
majmuasi
protsessorning
himoyasi,
xotirani
himoyalangan
boshqarish,
himoyalangan grafika, himoyalangan klaviatura/sichqoncha) hisobga olgan holda
loyihalashtirilgan.
YE8500 chipsetlari 3-bosqich (L3) kesh-xotirani 8 Mbayt sig‗imgacha
quvvatlaydi. Ularning muhim xususiyati 667 MGs chastotali ikkita mustaqil tizimli
shinalarning mavjudligi bo‗lib, u o‗tkazish xususiyatini 10,6 Gbayt/s tezlikkacha
yetishiga imkon beradi.
*T platformda quyidagilar quvvatlanadi: PIC Express shinasi, 800 MGs
chastotali DDR2 xotira, talab bo‗yicha kompyuterlarni o‗chirish texnologiyasi
(DBS-Demand Based Switching) va Intel Speed Stop energiya iste‘molini
tejashning rivojlantirilgan texnologiyasi.