117 1.4.3. Fayllarni saqlash usullari 1. Kompyuterda dastur ishga tushgach, ekranda fayllar ro‗yxati va ular
haqidagi axborotlar yozilgan qo‗sh chiziq bilan chegaralangan oynalar paydo
bo‗ladi. (Aslida WINDOWS so‗zi ham ―oynalar‖ degan ma‘noni bildiradi).
Oynalar to‗gri to‗rtburchak shaklda bo‗ladi. Obyektni (fayl, papka yoki dastur)
ochish obyekt belgisida yoki obyektning kontekst menyusidan ochish buyrugida
―sichqoncha‖ning chap tugmasini 2 marta tez bosish bilan amalga oshiriladi.
2. Oyna elementlari-ochiq obyektning nomini saqlovchi sarlavha o‗lchovini
o‗zgartiruvchi va oynalarni biriktiruvchi tugmalarni boshqarish tugmalaridan
iborat. Bunda tugmalarning yigishtirish, o‗lchov o‗zgartirish va oyna berkitish
faoliyatini ko‗rsatib tasvirlab berish lozim. Oynani yig‗ishtirish operatsiyasi bilan
oynalarni yopish operatsiyasi farqlarini ta‘kidlab o‗ting (Birinchi holatda obyekt
faolligicha qoladi, ikkinchisi bilan ish ham to‗xtatiladi). Masalalar paneli
yordamida yoki ALT+TAB tugmasini bosish bilan yig‗ishtirilgan oynalarni tiklash
ham mumkin.
3. Oyna o‗lchovlarini o‗zgartirish, oyna o‗lchovi o‗zgartirish yo‗nalishini
ko‗rsatuvchi 2 yo‗nalishli strelkalar paydo bo‗lguncha, ―sichqoncha‖ kursorini
oyna chegarasiga olib borishi kerak. ―Sichqoncha‖ning chap tugmasini bosish va
uni bosib turgan holda kursorni ko‗chirib, shu vaqtda oyna o‗lchovini o‗zgartirish
kerak.
4. Oynani ―sichqoncha‖ yordamida boshqa joyga ko‗chirish yo‗li bilan
harakatlantiriladi. Buning uchun kursorni oyna sarlavhasi o‗rtasiga olib boriladi,
―sichqoncha‖ning chap tugmasi bosiladi, uni bosgan holda oyna ish stolida
ko‗chiriladi.
5. Bir vaqt ichida bir necha obyektni, ularning har biri alohida oynada
joylashganligi, ochish imkoniyatlari haqida gapirish o‗rinli. Shuni ta‘kidlash
lozimki, faqat ulardan biri faol bo‗lishi mumkin, vaqtning har damida faqat bir