Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
120
qurilmalarida o‗chirish to‗ch va tiklash (regeneratsiya) vaqti treg kiradi. Tajribada 
xotira qurilmalari tezkorligini yaxlitlashtirilgan vaqt xarakteristikalari–murojaat 
vaqti (tanlash vaqti) va to‗la sikl vaqti orqali ifodalash qulaydir. Murojaat vaqti 
tm–xotira qurilmalariga kerakli katak adresini yuborish vaqtidan xotira qurilmalari 
chiqish yo‗liga bu katakda saqlangan sonni olish paytigacha (o‗qishda) bo‗lgan 
vaqt oralig‗idan iborat: tm=tq+to‗q Xotira qurilmalari tezkorligi sikl vaqti ts 
oralig‗i orqali yanada to‗laroq xarakterlanadi. ts=tq+to‗q+(tregyoki tyoz) va bu 
vaqt murojaat vaqti tm dan doimo katta bo‗ladi. Tezkorlikni xotira qurilmalariga 
murojaat chastotalari bo‗yicha ham xarakterlash mumkin. Xotira qurilmalari 
ishonchliligi konstruktiv va axborot ishonchliliklari bilan belgilanadi. Xotira 
qurilmalarining konstruktiv ishonchliligi tushunchasi radioelekron qurilmalarining 
ishonchliligi ta‘rifiga mos bo‗lib, ma‘lum ishlatish shart-sharoitlarida berilgan vaqt 
oralig‗ida xotira qurilmalarining hamma elementlari va komponentlarining 
buzilmasdan ishlashining ehtimolligini anglatadi. Xotira qurilmalarining axborot 
ishonchliligi ishlatish shart-sharoitlarini o‗zgarishini keltirib chiqaradigan holatlar 
ta‘sirida qurilmaning axborotni buzmasdan qabul qilish, saqlash va uzatish 
qobilyatini belgilaydi. Masalan, axborot ishonchliligi uni yozish va o‗qishda 
axborot signallarining nisbatlari orqali baholanishi mumkin. Signal va xalaqit 
amplitudalarini katta nisbati qurilmaning axborot ishonchliligi yuqori ekanligini 
bildiradi. Xotira qurilmalarining narxi butun qurilma narxi yoki axborot birligini 
saqlashning keltirilgan narxi (so‗m/bit) orqali aniqlanadi. Ba‘zan asosiy 
parametrlar qatori xotira qurilmalarining boshqa ko‗rsatkichlari ahamiyatga molik 
bo‗ladi. Bunday ko‗rsatkichlar umumlashtirilgan parametrlar deb yuritiladi va ular 
xotira qurilmalarini bir–biriga taqqoslashda qulaylik tug‗diradi. Umumlashtirilgan 
parametrlardan axborot quvvatini hamda sifatlilikni ko‗rsaish mumkin. Axborot 
quvvati W=M*F ifoda orqali aniqlansa, sifatlilik fizik hajm V, og‗irlik G va 
iste‘mol qilinuvchi quvvat P kabi muhim ko‗rsatkichlarni hisobga olgan holda 
Q=W / VGP =MF/VGP ifoda yordamida aniqlanadi. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin