Основные понятия, компоненты и модели



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə58/78
tarix24.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#193238
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
Основные понятия, компоненты и модели

Конструктор usulini tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Natijada konstruktor so‘rovining bo‘sh oynasi va Добавление таблицы muloqat oynasi paydo bo‘ladi. Добавление таблицы muloqat oynasi uchta qo‘yilmadan tashkil topadi - Таблицы, Запросы va Таблицы и запросы. Ular asosida so‘rov yaratishda ishlatiladigan jadval va so‘rovlarni yangilash amalga oshiriladi. Таблицы qo‘yilmasiga o‘tib, СПИСОК СДАЧИ ЭКЗАМЕНОВ jadvalini belgilaymiz va Добавить tugmasini bosamiz. So‘ngra СПИСОК УЧАЩИХСЯ jadvalini belgilaymiz va yana Добавить tugmasini bosamiz. Закрыть tugmasini bosib muloqat oynasini yopamiz. Jadvallar nomlari so‘rovlarni loyihalash oynasida paydo bo‘ladi.

7.2.1 So‘rovlar konstruktori oynasi


So‘rovlar konstruktori oynasi ikki qismga bo‘lingan bo‘ladi. Yuqori yarmida maydon ro‘yxati bilan jadval oynasi joylashadi. Har bir jadvalning nomi bunday oynaning sarlavhalar qatorida aks ettiriladi. Bir nechta jadvallar asosida so‘rov yaratayotganda maydonlar orasidagi munosabatlarni ko‘rsatib, ular orasidagi zarur aloqalar o‘rnatiladi. Aks holda so‘rovlarni qayta ishlash natijalari nokorrekt bo‘lishi mumkin.

Qaralayotgan misoldagi kabi ikkita jadval o‘rtasidagi munosabatlar berilgan, ikkita jadval maydonlari orasidan chiziq o‘tkazilgan. Undan tashqari, sxemada aloqaning birdan ko‘plikka xarakterdaligi ham ko‘rinib turibdi. Bu holda eng asosiysi СПИСОК УЧАЩИХСЯ jadvalidir. Shuni ta’kidlash lozimki, agar hatto munosabatlar oldindan aniqlanmagan bo‘lsa ham, jadval o‘rtasidagi aloqa baribir o‘rnatiladi.

So‘rov yaratish bir necha bosqichlarda bajariladi:



  1. So‘rovga maydonlar qo‘shish.

  2. Yozuvlarni tanlash mezonlarini o‘rnatish.

  3. Yozuvlarni saralash.

7.2.2 So‘rovga maydonlar qo‘shish


So‘rovga tanlangan jadvalning barcha maydonlarini kiritish shart emas. Masalan, ko‘rilayotgan misolda bizni «Номер группы», «Номер учащегося», «Код предмета» va «Оценка» lar qiziqtiradi. So‘rov faqat shu maydonlarga qaratilgan bo‘lishi zarur. So‘rov blankiga kerakli maydonlarni ularning nomini ro‘yxatdan olib o‘tish yordamida qo‘shiladi. Ro‘yxat konstruktor oynasining yuqori qismida shaklning Поле qatorida joylashgan bo‘ladi. Yana bir usuli maydon nomida sichqonni ikki marta bosish.
Ko‘pchilik so‘rovlarni tashkil qilish jarayonida jadval maydonining qismi ishlatiladi. Ba’zida so‘rovga jadvalning barcha maydonlarini qo‘shish talab etiladi. Bu vazifani bir nechta usullar bilan bajarish mumkin:

  • So‘rov konstruktori oynasining yuqori qismida joylashgan jadval sarlavhasi qatorini sichqon bilan ikki marta bosib barcha maydonlarni belgilang va uni so‘rov blankining birinchi qatoriga ko‘chirib o‘tkazing. Access jadvalning har bir maydonini avtomatik ravishda alohida ustunlarga joylashtiradi.

  • Jadval maydonlari ro‘yxatida * belgisini tanlang va uni so‘rov blankiga ko‘chirib o‘tkazing. Natijada jadvalning barcha maydonlari so‘rovga kiritiladi, ammo blankda Имя Таблицы yozuvi paydo bo‘ladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin