Arifmetik operatorlar Arifmetik operatorlar, ularning nomidan ham ma’lumki, qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini bajaradi. Arifmetik operatorlar faqat sonli kattaliklar ustida ish bajaradi va unar minusdan tashqari shollarda ikkita operandga ega bo‘ladi.
Operator
Misol
Tavsifi
+
[Natija] + [Ustama]
Ikki operandni qo‘shadi
-
Date () - 7
Ikki operandning ayirmasini shisoblaydi
- (unar)
-12345
Operandning ishorasini o‘zgartiradi
*
[Quti] * [Qutining bashosi]
Ikki operandni ko‘paytiradi
/
[Soni] / 12.55
Bitta operandni ikkinchisiga bo‘ladi
\
[Quti] \ 2
Bitta butun operandni ikkinchisiga butun bo‘ladi. Butun bo‘lish ishlatilganda o‘nli kasrli operandlar butun qiymatga yaxlitlanadi, kasr qismlari esa tashlab yuboriladi.
Mod
[Quti] Mod 12
Butun bo‘lish qoldig‘i shisoblanadi. Masalan, 15 Mod 12 3 ga teng
^
[ Asos]^ [Ko‘rsatkich]
Asos operandni Ko‘rsatkich darajasiga oshiradi
O‘zlashtirish va taqqoslash operatorlari Odatda ob’ektlarga, o‘zgaruvchilarga yoki o‘zgarmaslarga qiymat o‘zlashtirish uchun tenglik belgisi (=) ishlatiladi. Masalan, =Now() ifoda jadval maydoniga oldindan aniqlangan qiymatni o‘zlashtiradi va bu holda tenglik belgisi o‘zlashtirish operatori sifatida ishlatiladi. Ikkinchi tomondan = belgisi operandlarning tengligini aniqlovchi taqqoslash operatori hisoblanadi.
Taqqoslash operatori ikkita operandni solishtiradi va taqqoslash natijasiga mos ravishda mantiqiy qiymatlarni qaytaradi (True-Rost yoki False-Yolg‘on). Taqqoslash operatorlarining asosiy vazifasi qiymatlarga shart qo‘yish, so‘rovlarda yozuvlarni tanlash mezonlarini o‘rnatish, makroslarning ishlashini aniqlash va VBA da dasturlarning bajarilishini kuzatish kabilardan iborat.
Operator
Misol
Natija
Tavsif
<
1 < 100
True
Kichik
<=
1 <= 1
True
Kichik yoki teng
=
1 = 100
False
Teng
>=
100 >= 1
True
Katta yokt teng
>
100 > 100
False
Katta
<>
1 <> 100
True
Teng emas
Agar operandlardan biri Null (bo‘sh qiymat) qiymatga ega bo‘lsa, u holda ixtiyoriy taqqoslash Null (bo‘sh qiymat) qiymat qaytaradi.
Mantiqiy operator Mantiqiy (bul) operatorlar ikkita va undan ko‘p taqqoslash ifodalarini bir butun qilib birlashtirish uchun ishlatiladi:
And — kon’yunktsiya (mantiqiy И-YOKI);
Or — diz’yunktsiya (mantiqiy ИЛИ-VA);
Not — mantiqiy inkor;
Хог — ИЛИ-VA ni rad etuvchi;
Eqv — mantiqiy ekvivalentnlik;
Imp — mantiqiy implikatsiya.
Ular faqat True, False yoki Null mantiqiy qiymatlarini qaytaruvchi ifodalardan tashkil topishi mumkin. Aks holda bitlar bo‘yicha taqqoslash bajariladi. Mantiqiy operatorlar, unar minusga ekvivalent bo‘lgan Not- mantiqiy inkor operatoridan tashqari, har doim ikki operand ustida bajariladi.
Satriy qaymatlarni birlashtirish operatori SQL ning konkatenatsiya operatori bo‘lmish ampersant (&) belgisi plyus (qo‘shish) (+) belgisiga nisbatan ancha maqulroq hisoblanadi. Aslida ularning har ikkalasi ham bir xil natijaga olib keladi, ya’ni ikkita matn kattaliklarni yagona belgilar qatori sifatida birlashtiradi. Qo‘shish (+) belgisining ishlatilishi dudmol (ikki ma’noli) bo‘ladi, uning asosiy vazifasi ikkita sonli operandlarni qo‘shishdan iboratdir. Misol: "Visual " & "Basic" qo‘shish "Visual Basic" natijani beradi. Birinchi so‘zdagi qo‘shimcha probelga e’tibor bering, usiz natija quyidagi ko‘rinishda bo‘lar edi: "VisualBasic".