Основные понятия, компоненты и модели



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə63/78
tarix24.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#193238
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Основные понятия, компоненты и модели

O‘zgarmaslar
Accessda o‘zgarmaslar mavjud: sonli, satriy va sana va vaqt o‘zgarmaslari.

  • Sonli o‘zgarmaslar deb raqamlar, zarurat bo‘lganda sonning ishora belgilari (+) va (-), o‘nli nuqta belgisi (.), sonlarning eksponensional ko‘rinishdagi yozuvida tartib belgisi (Е) yoki (е) lardan iborat ketma ketliklarga aytiladi. Musbat sonlar uchun (+) belgisini yozish hart emas.

Sonli o‘zgarmaslarga misollar: 12345; -12.345; -6.76Е-23.

  • Satriy yoki matn o‘zgarmaslar deb Chr$ (), funksiyasi qaytaradigan ixtiyoriy belgilar va ularning kombinatsiyalariga aytiladi. Chr$ () funksiyasi belgilarni Windows ishlatadigan ANSI kodlar jadvali kodirovkasida qaytaradi. Chop qilinadigan belgilardan tashqari (harflar, raqamlar, punktuatsiya belgilari va klaviaturaning maxsus belgilari, masalan "@", "~" va boshqalar ) bu funksiyaning natijasi boshqarish belgilari ham bo‘lishi mumkin, masalan tabuliatsiya belgisi, tugmasini bosish natijasiga mos karetkani qaytarish va qatorni ko‘chirish belgilari va boshqalar. Chop qilinadigan belgilar ikkita to‘g‘ri qo‘shtirnoq ichiga olib yozilishi kerak. Ko‘p hollarda, masalan jadval yacheykalariga yoki so‘rov blanklariga satriy o‘zgarmaslarni kiritishda qovuslarni Accessning o‘zi qo‘shadi, boshqa hollarda buni o‘zimiz bajarishimiz shart.

Quyidagi ifoda murakkab satr o‘zgarmasga misol bo‘lishi mumkin:
Chr$(9) & "Отступ" & Chr${10)& Chr$(13)& "Yangi qator"
Bu yerda Chr$ (9) — tabulyatsiya belgisi; Chr$ (10) - karetkani qaytarish belgisi; Chr$(13) - qatorni ko‘chirish belgisi. Barcha qism qatorlar konkatenatsiya operatori yordamida birlashtirilgan.

  • Sana/Vaqt o‘zgarmaslari Accessda # belgisi bilan ajratiladi. Barcha boshqa o‘zgarmaslar bilan bo‘lgan qatori, agar dastur so‘rovlar blankiga sana va vaqtning Access standart formatida kiritilishini ajrata olsa, u holda bu belgilar avtomatik ravishda qo‘shiladi.

Sana va vaqt o‘zgarmasiga misollar: #26/04/75#, #22-Маг-74#, #10:35:30#.


Funksiyalar
Funktsiyalar identifikatorlar kabi chaqirish nuqtasiga qiymatlarni qaytarish uchun ishlatiladi. Qaytariladigan funktsiyaning qiymati uning turi bo‘yicha aniqlanadi, masalan, NOW() funktsiya kompьyuter soatining sana va vaqtini qaytaradi. Sintaktik funktsiyalar uning identifikatoridan keyin keluvchi qavslar bilan ajratiladi. Ko‘p funktsiyalar argumentlar bo‘lishini talab qiladi. Ular funktsiyaga murojat paytida bu qavslar ichiga bir biridan vergullar bilan ajratilib yoziladi. Funktsiyalar yangi ifodalar va funktsiyalarni hosil qilishda ishlatilishi mumkin.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin