Tayyor so‘rov Конструктор запросов uskunalar panelida joylashgan undov belgisi tasviri tushirilgan tugmani bosgandan so‘ng bajariladi. So‘rovni bajarish uchun ma’lumotlar bazasining Открыть tugmasidan yoki tanlangan so‘rov nomida sichqonning chap tugmasini ikki marta bosishdan foydalanish mumkin. Access mijoz jadvalidan ko‘rsatilgan mezonlarga mos ravishda ajratilib olingan natijaviy yozuvlar to‘plamini ekranda aks ettiradi. Agar so‘rov blankiga o‘zgartirish kiritishzarurati tug‘ilsa, u holda uskunalar panelida chapdan birinchi joylashgan tugma yordamida so‘rovlar konstruktori holatiga o‘tish yoki Видmenyusining Конструктор optsiyasini o‘rnatib bajarish mumkin.
Tanlanma so‘rovdan tashqari Access да boshqa tur so‘rovlar ham mavjud: ta’sirli (deystviya) so‘rov, parametrik so‘rov va qamrovchi (perekrestnoe) so‘rovlar.
7.3.1 O‘zgartirishga so‘rov
O‘zgartirishga so‘rov jadvaldagi qiymatlarni yangilash uchun, yozuvlar gurushlarini qo‘shish yoki o‘chirish uchun hamda bitta yoki bir nechta jadvallar yordamida yangi jadval hosil qilish maqsadida o‘zgartirish va ko‘chirish uchun ishlatiladi. O‘zgartirishga so‘rovning to‘rt xil turi mavjud:
qo‘shishga so‘rov;
o‘chirishga so‘rov;
yangilashga so‘rov;
jadval yaratishga so‘rov.
7.3.2 qo‘shishga so‘rov
Qo‘shishga so‘rov yordamida bir jadvalning yozuvlarini (barchasini yoki so‘rov bilan ajratilgan qismini) ikkinchi jadvalning oshiriga qo‘shish mumkin. Har ikkala jadval bitta yoki har xil ma’lumotlar bazasida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Agar yozuvni boshqa ma’lumotlar bazasiga qo‘shmoqchi bo‘lsak, avvalo Файл menyusining Внешние данные qism menyusidagi Связь с таблицами buyrug‘i yordamida maqsad jadvali joylashgan bazaga manbaa jadval ulanadi. Qo‘shiluvchi yozuvlarni ajratish uchun tanlashga so‘rov tuzish kerak. So‘ngra Вид menyusining Режим таблицы buyrug‘i yordamida jadval holatiga o‘tib, tuzilgan so‘rovni bajarish va natijani baholash zarur. Undan keyin konstruktor holatiga qaytiladi va Запрос menyusidan Добавление buyrug‘i ishga tushiriladi. Natijada ochilgan Добавление muloqot oynasida foydalanuvchi so‘rov yozuvlarining natijaviy to‘plamidan olingan natijalarni qo‘shishni xohlagan jadval nomining mos maydonlarini berishi zarur. Muloqot oynasini ОК tugmasi yordamida yopganimizda Access so‘rov blankiga Добавление qatorini qo‘shadi. Bu qatorga avtomatik ravishda (yoki foydalanuvchi tomonidan) so‘rov maydoni nomi bilan mos keluvchi maqsad jadvalning maydon nomlari qo‘yiladi. So‘ngra uskunalar panelidagi Запуск tugmasini bosib so‘rovni bajarishga to‘g‘ri keladi. Access maxsus muloqot oynasida maqsad jadvalga nechta yozuv qo‘shilishini ko‘rsatadi va bu amalni bajarishni ta’kidlashni talab qiladi.