Основные понятия, компоненты и модели



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə61/78
tarix24.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#193238
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
Основные понятия, компоненты и модели

Arifmetik operatorlar
Arifmetik operatorlar, ularning nomidan ham ma’lumki, qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini bajaradi. Arifmetik operatorlar faqat sonli kattaliklar ustida ish bajaradi va unar minusdan tashqari shollarda ikkita operandga ega bo‘ladi.



Operator

Misol

Tavsifi

+

[Natija] + [Ustama]

Ikki operandni qo‘shadi

-

Date () - 7

Ikki operandning ayirmasini shisoblaydi

- (unar)

-12345

Operandning ishorasini o‘zgartiradi

*

[Quti] * [Qutining bashosi]

Ikki operandni ko‘paytiradi

/

[Soni] / 12.55

Bitta operandni ikkinchisiga bo‘ladi

\

[Quti] \ 2

Bitta butun operandni ikkinchisiga butun bo‘ladi. Butun bo‘lish ishlatilganda o‘nli kasrli operandlar butun qiymatga yaxlitlanadi, kasr qismlari esa tashlab yuboriladi.

Mod

[Quti] Mod 12

Butun bo‘lish qoldig‘i shisoblanadi. Masalan, 15 Mod 12 3 ga teng

^

[ Asos]^ [Ko‘rsatkich]

Asos operandni Ko‘rsatkich darajasiga oshiradi



O‘zlashtirish va taqqoslash operatorlari
Odatda ob’ektlarga, o‘zgaruvchilarga yoki o‘zgarmaslarga qiymat o‘zlashtirish uchun tenglik belgisi (=) ishlatiladi. Masalan, =Now() ifoda jadval maydoniga oldindan aniqlangan qiymatni o‘zlashtiradi va bu holda tenglik belgisi o‘zlashtirish operatori sifatida ishlatiladi. Ikkinchi tomondan = belgisi operandlarning tengligini aniqlovchi taqqoslash operatori hisoblanadi.
Taqqoslash operatori ikkita operandni solishtiradi va taqqoslash natijasiga mos ravishda mantiqiy qiymatlarni qaytaradi (True-Rost yoki False-Yolg‘on). Taqqoslash operatorlarining asosiy vazifasi qiymatlarga shart qo‘yish, so‘rovlarda yozuvlarni tanlash mezonlarini o‘rnatish, makroslarning ishlashini aniqlash va VBA da dasturlarning bajarilishini kuzatish kabilardan iborat.

Operator

Misol

Natija

Tavsif

<

1 < 100

True

Kichik

<=

1 <= 1

True

Kichik yoki teng

=

1 = 100

False

Teng

>=

100 >= 1

True

Katta yokt teng

>

100 > 100

False

Katta

<>

1 <> 100

True

Teng emas

Agar operandlardan biri Null (bo‘sh qiymat) qiymatga ega bo‘lsa, u holda ixtiyoriy taqqoslash Null (bo‘sh qiymat) qiymat qaytaradi.


Mantiqiy operator
Mantiqiy (bul) operatorlar ikkita va undan ko‘p taqqoslash ifodalarini bir butun qilib birlashtirish uchun ishlatiladi:

  • And — kon’yunktsiya (mantiqiy И-YOKI);

  • Or — diz’yunktsiya (mantiqiy ИЛИ-VA);

  • Notmantiqiy inkor;

  • Хог — ИЛИ-VA ni rad etuvchi;

  • Eqv mantiqiy ekvivalentnlik;

  • Imp — mantiqiy implikatsiya.

Ular faqat True, False yoki Null mantiqiy qiymatlarini qaytaruvchi ifodalardan tashkil topishi mumkin. Aks holda bitlar bo‘yicha taqqoslash bajariladi. Mantiqiy operatorlar, unar minusga ekvivalent bo‘lgan Not- mantiqiy inkor operatoridan tashqari, har doim ikki operand ustida bajariladi.
Satriy qaymatlarni birlashtirish operatori
SQL ning konkatenatsiya operatori bo‘lmish ampersant (&) belgisi plyus (qo‘shish) (+) belgisiga nisbatan ancha maqulroq hisoblanadi. Aslida ularning har ikkalasi ham bir xil natijaga olib keladi, ya’ni ikkita matn kattaliklarni yagona belgilar qatori sifatida birlashtiradi. Qo‘shish (+) belgisining ishlatilishi dudmol (ikki ma’noli) bo‘ladi, uning asosiy vazifasi ikkita sonli operandlarni qo‘shishdan iboratdir. Misol: "Visual " & "Basic" qo‘shish "Visual Basic" natijani beradi. Birinchi so‘zdagi qo‘shimcha probelga e’tibor bering, usiz natija quyidagi ko‘rinishda bo‘lar edi: "VisualBasic".



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin