Основные понятия, компоненты и модели



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə60/78
tarix24.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#193238
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78
Основные понятия, компоненты и модели

7.2.7 So‘rovlarda hisoblash

Access da ifodalar


Har bir ifoda bitta yoki bir nechta operatorlardan va bitta yoki bir nechta o‘zgarmaslar, identifikatorlar yoki funktsiyalardan tashkil topishi mumkin. Operator xoshlagancha murakkab bo‘lishi mumkin.

  • O‘zgarmaslar o‘zgarmas qiymatlarni ifodalaydi. Ular asosan qiymatlarni oldindan aniqlashda va jadval maydonlarining qiymatlarini taqqoslash uchun ishlatiladi. O‘zgarmasning qiymati foydalanuvchi tomonidan ifodalarni kiritishda aniqlanadi. (masalan 09, ishlab chiqaruvchi firma mamlakati Shvetsiya).

  • Identifikatorlar Access dagi ob’ektlarning nomlari (masalan jadval maydonlari yoki so‘rovlar). Identifikatorlar ifodalarni hisoblashda ularning joriy qiymatlari bilan almashinadi. (bu amalni aniqlashda odatda qiymat qaytariladi degan termin ishlatiladi). Masalan, [Household Inventory] maydon nomining identifikatori ifodaga belgilangan joriy yozuvdagi Household Inventory maydonning qiymatini qaytaradi. Ilovalar (VBA) uchun Visual Basic dasturlarida ishlatiladigan nomlangan o‘zgarmaslar va o‘zgaruvchilar ham identifikatorlar hisoblanadi. Identifikator vazifasini bajaruvchi bir nechta nomlangan ichki o‘zgarmaslar mavjud: True, False, Yes, No va Null. Agar maydon yoki jadval nomlarida probellar uchrasa, ularning identifikatorlari ifodalarda kvadrat qavslarga olib yozilishi hart. Ifodalarni kiritishni osonlashtirish maqsadida jadval, jadval maydonlari nomlarida Access ob’ektlari nomlarida probellarni ishlatmaslik tavsiya etiladi.

  • Funktsiyalar ifodalarda funktsiya nomlari o‘rnida qiymatlarni qaytaradi. Identifikatorlardan farqli ravishda ko‘pchilik funktsiyalar qavs ichiga identifikatorlar yoki qism ifodalarning qiymatlaridan iborat argumentlarni yozishni talab qiladi. Masalan, joriy sanani qaytaruvchi Date () funktsiyasi argumentlari ro‘yxati bo‘sh bo‘ladi.

  • Operatorlar -oddiy arifmetik amal belgilari va boshqa belgilar yoki abbreviaturalardir. Ularning ko‘pchiligi Basic turidagi tradision dasturlash tillarining operatorlariga ekvivalent. Ba’zilari esa Access yoki SQL uchungina xosdir, masalan Between yoki Like. Amallarda qatnashadigan o‘zgarmaslar, identifikatorlar va funksiyalar operandlar deyiladi.

Accessda ifodalar hosil qilish uchun olti kategoriya operatorlar mavjud: arifmetik, o‘zlashtirish operatori, mantiqiy operatorlar, konkatenatsiya, funksiya va na’muna bilan taqqoslash operatorlari.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin