Основные понятия, компоненты и модели


Конструктор holatidagi import qilingan jadval



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə57/78
tarix24.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#193238
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
Основные понятия, компоненты и модели

Конструктор holatidagi import qilingan jadval
Access Excel ning ishchi varag‘ini Access ning ma’lumotlar bazasi bilan ham bog‘lash imkonini beradi. Bu imkoniyatga ko‘ra Excel ning qo‘shilgan ishchi varag‘i bilan Excel vositasida dastlabki formatida ham, Access ma’lumotlar bazasi jadvallari formatida ham ishlash mumkin, hatto ularni bir paytda ham bajarish mumkin. Ishchi varaq tuzilishini o‘zgartirish qo‘shilgan jadvallar bilan ishlash qoidalari asosida bajariladi, ya’ni Конструктор holatida maydonlarning Access jadvallarida bu maydonlarni aks ettirish bilan bog‘liq bo‘lgan xossalarinigina o‘zgartirish mumkin. Jadvallar tuzilishini o‘zgartirganda yoki ularni boshqa papkaga ko‘chirganda ular bilan aloqani yangilash zarur bo‘ladi.
Excel ning ishchi varag‘ini qo‘shish amalda import qilish kabi bajariladi, unda Связь с таблицами (Link Tables) buyrug‘i ishlatiladi. Связывания электронной таблицы (Link Spreadsheet Wizard) ustasi import ustasi bilan o‘xshash, ammo u ishchi varaq ustunini tanlash va uning parametrlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydi.

7. So‘rovlar

7.1 So‘rovlarni loyihalash


So‘rovlar ko‘rish, taxlil qilish va berilganlarni o‘zgartirish orqali berilgan mezonlarni qondirishga mo‘ljallangan. Access da so‘rovlar parametrlari so‘rov konstruktori oynasida beriladgan QBE – so‘rovlar (Query By Example – namuna bo‘yicha so‘rov) va so‘rovlar tashkil qilishda SQL tilining buyruqlari va funktsiyalari qo‘llaniladigan SQL-so‘rovlar (Structured Query Language – so‘rovlarning strukturali tili) ga bo‘linadi. Access QBE - so‘rovlarni osongina SQL-so‘rovlarga va teskarisiga o‘tkazadi.

7.2 QBE-so‘rovlar


QBE - so‘rovlarning eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri tanlanma so‘rovidir.
Вид menyusining Объекты базы данных buyrug‘ini aktivlashtiring, ochilgan qism menyudan Запросы buyrug‘ini bajaring (yoki ma’lumotlar bazasining Запросы ob’ektidagi qo‘yilmani sichqon yordamida ikki marta bosing). Создать tugmasini bosing. Monitor ekranida Новый запрос muloqat oynasi ochiladi va bu oynada dastur so‘rovlar tanlash usullaridan birini tanlashni taklif etadi:


  • Konstruktor– so‘rovlarni usta yordamisiz tuzish;

  • Oddiy so‘rovlar – tanlangan maydonlar asosida oddiy so‘rov tuzish;

  • Qamrovchi so‘rov – ma’lumotlar elektron jadvallardagi kabi kompakt formatga ega bo‘lgan so‘rov tuzish;

  • Takrorlanuvchi yozuvlar - jadvaldagi takrorlanuvchi yozuvlarni yoki oddiy so‘rovni tanlovchi so‘rov tuzish;

  • Bo‘ysinmaydigan yozuvlar - jadvaldagi boshqa jadvallar yozuvlari bilan aloqada bo‘lmagan yozuvlarni tanlovchi so‘rov tuzish.




Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin